“Alt-Soft” OOO kompaniyasi bilan arxivlar hamkorligi yo‘lida
2020 yil 13 fevral' kuni Arxiv ishi va ish yuritish sohasida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish maqsadida Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida "O‘zarxiv" agentligi direktori U.Yusupov,AKT bo‘limi xodimlari va Rossiya Federatsiyasining “Alt-Soft” OOO kompaniyasi vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ma'lumot uchun shuni aytish mumkinki, bugungi kunda “Alt-Soft” OOO kompaniyasi tarixiy va madaniy yodgorliklarni himoya qiluvchi arxivlar, muzeylar, kutubxonalar va tashkilotlar uchun axborot tizimlarini ishlab chiqishda yetakchilardan biri hisoblanadi.
Uchrashuv davomida kompaniyaning shu bugunga qadar Rossiya Federatsiyasining bir qator arxivlarida arxiv sohasidagi dasturiy ta'minotlarni joriy etish tajribasi taqdimoti o‘tkazildi va ushbu dasturning imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida yaqindan hamkorlik qilish rejalari muhokama qilindi.
"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati