“Arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish” ishlarini olib borish masalasiga bag‘ishlangan amaliy seminar
“O‘zarxiv” agentligi Hay’atining 2019 yil 3 maydagi kengaytirilgan sayyor yig‘ilishi 1-son Bayonnomasining 23-bandi, Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati davlat arxivlari xodimlari ishtirokida “Arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish” ishlarini olib borish masalasiga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etish yuzasidan 2019 yil 30 may kuni Toshkent viloyati Qibray tumani mayshiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji binosida Toshkent viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi barcha arxiv muasassalari rahbar va xodimlari hamda Respublika Markaziy davlat arxivlari mas’ul xodimlari ishtirokida mavzuga bag‘ishlangan O‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-amaliy seminarda Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Bekova “Arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish”, “Arxiv hujjatlarini hisobini olib borish, Fondlashtirish va qayta fondlashtirish” mavzularida ma’ruza qildi. Shuningdek, Navoiy viloyati davlat arxivi direktori Sh.Xoliqulov o‘z amaliy tajribasidan kelib chiqib, ishtirokchilarga arxivda hisob hujjatlarini yuritish, fondlashtirish va qayta fondlashtirish bilan bog‘liq mavzuda o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Shundan so‘ng, tinglovchilar ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, hisob hujjatlariga o‘zgartirish kiritish ishlari amalda bajarildi.