“Amir Temur Ikkinchi Renesans homiysi”

Qashqadaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning quyi tizimlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo‘yicha 2021 yil uchun “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining ijrosini ta’minlash maqsadida, 2021 yil 8 aprel kuni viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi, yoshlar ittifoqi yetakchisi, hamda viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda, Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud ayyomi munosabati bilan “Amir Temur Ikkinchi Renesans homiysi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda Qarshi muhandislik va iqtisodiyot instituti “O’zbekiston tarixi” kafedrasi dotsentlari Vasiyeva Dilorom Ibragimovna va Murtozova Sahodat Bo‘riyevnalar qatnashdilar va “Amir Temur davrida o‘zbek davlatchiligi”, “Temur tuzuklari va hozirgi zamon” mavzusida ma’ruza qildilar.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda viloyat va tumanlar davlat arxivlari, shaxsiy hujjatlari davlat arxivlari rahbar va yosh arxivchi mutaxassislari ishtirok etdilar. Amir Temurning markazlashgan davlat tuzishi va uni boshqarish tizimi, iqtisodiy madaniy yuksalishi, Amir Temurning jahongirlik yurishlari va tashqi siyosati mavzulari savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.Tadbir davomida “Temur tuzuklari” mavzusida viktorina tashkil etildi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати