Andijon viloyat AIHB rahbariyati O’zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan XII “Central Asia-2018” Xalqaro konferentsiyasida ishtirok etdi
Joriy yilning 17-21 aprel kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahrida A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan XII “Central Asia-2018” Xalqaro konferentsiyasida ishtirok etishdi.
Konferentsiya ish jarayonida xorijiy va mustaqil xamdo’stlik davlatlaridan tashrif buyurgan delegatsiya vakillarining kutubxona va arxiv soxasidagi hamkorliklari, ish tajribalari yuzasidan ma’ruzalari tinglanib, tegishli xulosalar chiqarildi.
Shu bilan birga agentlikni xay’at yig’ilishlarida berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo, Navoiy viloyatlaridagi Arxiv ishi hududiy boshqarmalari va uning tizimidagi arxiv muassasalarida olib borilayotgan arxiv yo’nalishidagi ishlar yuzasidan tajriba almashildi.
Tajriba almashish jarayonida Andijon viloyatidagi Izboskan, Oltinko’l tumanlari davlat arxivlari va Ulug’nor tumani shaxsiy tarkib xujjatlari arxivi direktorlari ishtirok etdilar.
Surxondaryo viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi, viloyat, Sherobod, Angor va Boysun tumanlaridagi davlat arxivlariga tashrif buyurib, mazkur tumanlarda olib borilayotgan arxiv ishlari bilan tanishib, arxiv xodimlari bilan o’zaro fikr almashildi.
Sherobod tumani davlat arxivi yangi qurilgan binoga ko’chirilganligi, 2018 yilda boshqarma va viloyat davlat arxiviga yangi bino qurish uchun moliyalashtirilganligi arxiv soxasiga berilgan e’tibordan dalolatdir.
Shuningdek, Navoiy viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasida xujjatlar bilan ishlashda yig’ma jildlar nomenklaturasi shakllanishi, uni ish faoliyatida qo’llanilishi, milliy arxiv fondida yuritiladigan xujjatlar xisobi, fond kartochkalari, fondlar ro’yxati va ulardagi o’zgarishlar, fond katalogi dasturi hamda xisobini yuritilishi, fondlashtirish, qayta fondlashtirish ishlari sifati, hujjatlarni elektron nusxasini yaratish, raqamlashtirish ishlari yuzasidan tajriba almashildi.
Boshqarma tomonidan tayyorlangan Arxiv ishiga oid me’yoriy-xuquqiy hujjatlarni axborotnoma sifatida chop etilganligi va har bir arxiv muassasalariga foydalanish uchun uslubiy qo’llanma sifatida tarqatilganligi, joylarda xodimlar tomonidan xujjatlar bilan ishlashda qulaylik yaratilganligini guvohi bo’ldik.
Viloyat davlat arxivi uchun qurilgan bino zamon talabiga mos jixozlanganligi, ishchi-xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar, shu bilan birga fuqarolarni qabuli bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, (infokiosk, kutish zali, qo’riqlov xizmati, yong’in xavsizligi, fito bar) xujjatlardan foydalanishda tadqiqotchilar uchun alohida xonalar ajratilganligi, video kuzatuv nazoratiga olinganligi ijobiy ta’surot qoldirdi.
Viloyatning Nurota, Karmana tuman davlat arxivlari moslashtirilgan binoda bo’lishiga qaramay, xujjatlarni jamlash, saqlash, xisobini yuritish va ulardan foydalanishi mexanizmi to’g’ri tashkil etilgan. Xodimlar saloxiyatiga, ularning malaka oshirishiga katta e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga shaxsiy tarkib xujjatlarini xisobini yuritish, saqlash, ulardan foydalanishda davlat va shaxsiy tarkib xujjatlarini fond kartochkalari turli ranglarda aloxida rasmiylashtirilgan. Xodimlar tomonidan lavozim yo’riqnomalari asosida ish tashkil etilganligi, kundalik daftarlarini yuritilishi, xujjatlarni sug’urta fondini yaratish ishlari amalga oshirilgan.
Navoiy idoralararo xo’jalik xisobidagi shaxsiy tarkib xujjatlari arxivi J.Qaxxorov tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari arxiv mablag’lari xisobidan amalga oshirilayotganligi, xodimlarni ishga bo’lgan ishtiyoqi, ularni tajriba malakasi, ayniqsa tashkilotlarda saqlanayotgan xujjatlarga ilmiy texnikaviy qayta ishlab qabul qilish borasida yo’lga qo’yilgan ishlar, fuqarolardan tushayotgan so’rovlarning ijrosi belgilangan muddatlarda bajarilishi, saqlov xonalarda yaratilgan sharoitlar holati e’tiborimizni jalb etdi.
Surxondaryo viloyati, ayniqsa Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar katta tajriba maktabi ekanligini yana bir bor guvoxi bo’ldik.
Tajriba almashish davomida har uchala viloyat arxivchilari o’zlarida soxada olib borilayotgan ishlari yuzasidan yetarli fikr almashdilar.
Kelgusida bunday tajriba almashish jarayonini soxa vakillari ya’ni barcha toifadagi (yo’nalishlar bo’yicha) arxivchilar o’rtasida ham tashkil etish maqsadga muvofiq bo’ladi.