Andijon viloyat davlat arxivida Muvofiqlik sertifikatlarini topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
Hujjatlarni jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishda xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida zamonaviy metodlarni joriy qilgan holda O‘zbekiston Respublikasida yetakchi arxiv muassasalaridan biri bo‘lishni asosiy maqsad qilgan Andijon viloyat davlat arxivi o‘z faoliyatiga birlashgan boshqaruv tizimlari, ISO 9001 sifat menejmenti, ISO 27001 axborot xavfsizligi menejmenti, ISO 37001 korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti standartlarini joriy etish yuzasidan 2 yil davomida amalga oshirgan ishlari bugun o‘z samarasini berdi.
2023-yilning 31-oktabr sanasida Andijon viloyat davlat arxivida birlashgan boshqaruv tizimlari, ISO 9001 sifat menejmenti, ISO 27001 axborot xavfsizligi menejmenti, ISO 37001 korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti standartlari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlarini topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.