ANDIJON VILOYATI AHOLISI DIQQATIGA!

 

DIQQAT E’LON!

Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shganlar o‘zbek o‘g‘lonlarining xotirasini abadiylashtirish, oramizdagi barcha faxriylarga hurmat ehtirom ko‘rsatish maqsadida  O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan “ASKAR MAKTUBLARI” kitob-albomi nashr etilishi rejalashtirilmoqda.
Shu munosabat bilan Ikkinchi jahon urushi davrida yozilgan maktublarni (yoki ularning nushalarini) “ASKAR MAKTUBLARI” kitob-albomiga joylashtirish maqsadida Viloyat davlat arxivi saqloviga topshirish bo‘yicha elektron nusxalarini taqdim qilish so‘raladi.
Barcha savollar bo‘yicha Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarma Axborot xizmatiga (+998 74 234-31-87, +998 74 234-31-60)   murojaat etish mumkin.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati