Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasa xodimlariga kompitentlik bo'yicha attestatsiyadan o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 101-son qarori bilan tasdiqlangan “Arxivlar mutaxassislarini O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga va Andijon viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2021 yil 1-aprel 86-son buyrug‘iga muvofiq viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi huzurida arxivlar mutaxassislarining viloyat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hujjatlarini tartibga keltirish va ularga ilmiy-texnik ishlov berishga kompetentligi yuzasidan attestatsiya o‘tkazildi.
Mazkur attestatsiyada jami 37 nafar arxiv mutaxassislari ishtirok etdilar.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati