Аndijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi va viloyat maktabgachi ta'lim boshqarmasi hamkorligida “Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ijro intizomini tashkil etishning dolzarb yo’nalishlari hamda arxivga topshiriladigan xujjatlarni yuritilishi va saqlanishini takomillashtirish” mavzusida Izboskan tumani maktabgacha ta'lim bo’limida seminar-trening tashkil etildi.

2019 yilning 20 iyul kuni Аndijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi va viloyat maktabgachi ta'lim boshqarmasi hamkorligida “Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ijro intizomini tashkil etishning dolzarb yo’nalishlari hamda arxivga topshiriladigan xujjatlarni yuritilishi va saqlanishini takomillashtirish” mavzusida Izboskan tumani maktabgacha ta'lim bo’limida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminarda viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi va uning tarkibidagi tuman va shahar maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari, adliya bo’limi ma'sul xodimi, shuningdek viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tassarrufidagi arxiv muassasalari raxbarlari ishtirok etdilar.

Tadbirda maktabgacha ta'lim muassasalarining xujjatlar yig’majildlari nomenklaturasini tuzish bo’yicha tavsiyalar va yig’ma jildlar ro’yxatlarini tayyorlash shakllari, mazkur muassasalarda ijro nazorati va ish yuritishni mustahkamlash to’g’risda metodik qo’llanma ishlab chiqilib ish faoliyatida foydalanish uchun yig’ilish ishtirokchilariga taqdim qilindi.

Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i N.Zuxriddinov tashkilot va muassasalarda arxiv ishi va ish yuritilishi tartib qoidalari, ularga asos bo’lgan me'yoriiy xujjatlar, mavjud yo’riqnoma va shu kabi xujjatlarlardan maqsadli foydalanish har bir tashkilotning arxiv ishi va ish yuritilish yo’nalishlarida dastak bo’lishi lozimligi haqida tushuncha berdi.

Seminar-trening ishtirokchilari tadbir tashkilotchilariga arxiv ishi va ish yuritish yo’nalishlariga oid o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Kelgusida nafaqat ta'lim sohasi balki boshqa soha va yo’nalsh vakillari bilan ham mazkur yo’nalish bo’yicha xamkorlik qilish va metodik qo’llanmalar yaratish rejalashtirilmoqda.