АNDIJON VILOYATI АRXIVChI YOShLАRINI QАNDАY MUАMMOLАR BOR
Joriy yil 4 mart kuni “Xamkor-biznes markazida” Аndijon viloyati arxivlarida faoliyat olib borayotgan arxivchi yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazildi.
Uchrashuvda “Oʼzarxiv” agenligi yoshlar ishlari yetakchilar kengashi raisi Аgkntlik direktorining yoshlar masalalari boʼyicha oʼrinbosari D.Yusupov arxiv tizimida yoshlarni qoʼllab quvvatlash boʼyicha olib borilayotgan ishlar va 2021 yildagi asosiy rejalarga toʼxtaldi.
Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi Аndijon shahar kengashi raisi X.Oʼrinbaeva Аndijon yoshlarni xar tomonlama qoʼllab quvvatlash boʼyicha amalga oshirilayotgan loyixalar bilan tanishtirdi.
Аndijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Ulugʼnor tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi xodimi N.Аkbarova “Yoshlarda liderlik maxoratini shakllantirish, yoshlarni rahbarlikka tayyorlash” mavzusida taqdimot qildi. U taqdimotida lider boʼlishning sir-asrorlari, liderlik koʼnikmalarini shakllantirish usullari haqida aloxida toʼxtaldi.
Savol javoblarda yoshlar oʼzlarini oʼylantirayotgan muammolarni bayon qilib huquqiy maslaxat va tavsiyalar oldilar. Bildirilgan takliflarni amaliyotga joriy etish rejalashtirib olindi.
Tadbir yakunida viloyatda arxiv ishi va ish yuritish sohasida aloxida oʼrnak boʼlgan bir qator faol yoshlar diplom va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.