Andijon viloyati davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.









Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Andijon viloyati davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabul o'tkazdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlarga to‘liq javob berildi. Har bir masala atroflicha o'rganib chiqildi. Fuqarolarga muammolarini hal etishda amaliy yordam koʻrsatilib, bir necha nafariga huquqiy maslahatlar berildi.



 


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati