AOKAda Agentlik axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida brifing o‘tkazildi.



AOKAda Agentlik axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan arxiv ishi bo‘yicha olib borilgan davlat nazorati hamda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha tadbirlari" mavzusida brifing o‘tkazildi.

Tekshirishda aniqlangan qonun buzilishlari bo‘yicha 19 nafar masʼul xodimlarga nisbatan, jumladan Agentlik tomonidan 14 ta va Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan 5 ta (Andijon (4 ta), Samarqand (1 ta) viloyatlari) O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 2154-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sud organlariga yuborildi hamda Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 1 ta material yuborildi.

 


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati