AOKAda "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida "Arxiv sohasida qonunchilikka kiritilgan yangiliklar" mavzusida brifing o‘tkazildi
2024-yil 18-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi soddalashtirilganligi hamda byurokratik to‘siqlar qisqartirilganligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 847-son qarori qabul qilinib, ushbu qaror 2024-yil 24-dekabr sanasidan kuchga kirdi.