AOKAda «O‘zarxiv» agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida brifing o‘tkazildi.





AOKAda «O‘zarxiv» agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida brifing o‘tkazildi.

2023-yilda 23 ta saqlov birligidagi 1010 varaqda tarixiy davr hujjatlari maxfiylikdan chiqarildi.

Olib borilgan ishlar natijasida qo‘shimcha ravishda arxivning tarixiy davr maxfiy hujjatlariga tegishli –

I-1 "Turkiston general gubernatorining Devonxonasi" (1868-1917y.) fondining 977-sonli;

I-715 Polkovnik A.G.Serebryannikov tomonidan tayyorlangan “Turkiston o‘lkasi. Uni bosib olinishi tarixiga oid materiallar to‘plami” mavzusiga bag‘ishlangan hujjatlar nashriga oid maʼlumotlar (1839-1897 yy) fondining 1, 2, 3, 6, 7, 8, 9, 13, 14, 15, 16, 17, 19, 20, 21-sonli;

I-18 “Samarqand viloyati boshqaruvi Samarqand” fondining 2209, 2210, 4686-sonli tarixiy davr hujjatlari o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarildi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati