AOKAda "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida Brifing o‘tkazildi.

“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyevning AOKAdagi 2025-yil 14-apreldagi “Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi “Talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 208-son qarori mazmun-mohiyati” mavzusida

BRIFINGI

 

Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar

 

2025-yil 8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 208-son qabul qilindi.

Mazkur qaror byurokratik talablar va jarayonlarni bekor qilish orqali ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish va arxiv tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish hamda mazkur davlat xizmatini foydalanuvchi uchun qulay shaklda ko‘rsatilishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Qarorda arxiv ishiga doir quyidagilar nazarda tutilmoqda:

–– “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda tadbirkorlik subyektlarining huquq– Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (elektron) davlat xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda;

– taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish, qaror qabul qilish muddatlari hamda rad etish asoslari aniq belgilandi;

– talabgor attestatsiyadan masofaviy yoki anʼanaviy o‘tishi mumkinligi hamda ushbu jarayon ovozli videotasvirga tushirilishi;

– kasbiy kompetentlik guvohnomasini rasmiylashtirish QR-kod orqali amalga oshirilishi va uning elektron reyestri shakllantirilishi;

– kasbiy kompetentlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish, to‘xtatib turish va bekor qilish asoslari tartibga solindi.

Talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentiga ko‘ra attestatsiya arxivlarni tashkil etishga va arxiv xodimlari bilan mehnat shartnomaini tuzishga, shuningdek, talabgorning egallab turgan lavozimiga to‘siq bo‘la olmaydi, tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirish yoki xodimning kompetentligi egallab turgan lavozmining asosiy mezoni hisoblangan hollar bundan mustasno.

Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi quyidagicha:

Talabgor o‘zi hohishiga ko‘ra Davlat xizmatlari Markazi yoki Yagona Interaktiv davlat xizmatlari portali orqali so‘rovnomani elektron shaklda yuboradi.So‘rovnomaga so‘nggi uch yilda arxiv ishi bo‘yicha malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi hamda tegishli arxiv muassasasi yoki tashkilot rahbarining tavsiya xati ilova qilinishi lozim.

Vakolatli organ so‘rovnoma tushgan kundan boshlab 1 ish kunia talabgorning attestatsiyaga qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligi xaqida xabardor qiladi. O‘tkazilgan attestatsiya natijasi bo‘yicha 2 ish kunida tegishli guvohnoma yuboriladi.

Guvohnoma egasi arxiv hujjatlarini faqat o‘zi faoliyat yuritadigan tashkilotda tartibga keltiradi yoki uning nomidan boshqa tashkilotlarga xizmat ko‘rsatadi.

Aziz yurtdoshlar! Agar davlat arxivlarida noqonuniy hatti-harakatlarning guvohi bo‘lsangiz “O‘zarxiv” agentligining 55-50-301-50 raqamli “Ishonch telefoni” yoki antikorarchivebot  yohud https://t.me/direktorga_murojaat  orqali xabar berishingizni so‘raymiz.

        

Eʼtiboringiz uchun rahmat salomat bo‘ling!


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati