AOKAda "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida BRIFING o‘tkazildi

“Oʻzarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyevning AOKAdagi 2025-yil 24-iyundagi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati boʻyicha amalga oshirilgan ishlar” mavzusida

BRIFINGI

 

Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi boʻyicha “Oʻzarxiv” agentligining (ilk marotaba) 2024-yildagi faoliyati
76 ball bilan qoniqarli deb baholandi.

2024-yil uchun davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan ochiqlik indeksi boʻyicha “Oʻzarxiv” agentligi 83,5 ball bilan “yashil” samaradorlik koʻrsatkichini qayd etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son qarori ijrosi yuzasidan Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlariga yuklangan 34 ta funksiyaning korrupsiyaviy xavf-xatarlari e-anticor.uz elektron tizimi orqali tahlil qilindi. Tahlil qilingan funksiyalarning 3 tasi – past29 tasi – oʻrta2 tasi – yuqori korrupsiyaviy xavf-xatarga moyillik boʻlgan funksiyalar deb baholandi.

Shunga koʻra, “Oʻzarxiv” agentligining 2025-yil 2-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarning xaritasi tasdiqlandi.

Ushbu oʻrta va yuqori darajadagi funksiyalarning korrupsiyaviy
xavf-xatarlarini bartaraf etish boʻyicha “Oʻzarxiv” agentligining 2025-yil
2-maydagi
 Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi, uning tarkibiy va hududiy tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi tasdiqlandi.

Tizimda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarning oldini olish maqsadida Kadastr agentligi va “Oʻzarxiv” agentligining 2025-yil 20-maydagi qoʻshma buyrugʻi imzolandi.

Joriy yilning may oyida “Cert International” tashkiloti tomonidan Standartlar talablariga muvofiqlik darajasini aniqlash maqsadida 2-kuzatuv auditi oʻtkazildi.

“Oʻzarxiv” agentligi va uning tizim tashkilotlari uchun korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligidagi korrupsiyaning oldini olish boʻyicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan 2025-yil 5-martdagi kengaytirilgan yigʻilishidagi maʼruzasi tafsilotlari, oldimizda turgan dolzarb masalalar va bu illatga qarshi kurashning samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan “Oʻzarxiv” agentligi va uning tizim tashkilotlari uchun korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuniga, shuningdek, Rotatsiya/lavozimga tayinlanishda yoki yillik deklaratsiyani toʻldirish vaqtida manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi/mavjud emasligi toʻgʻrisidagi arizani toʻgʻri toʻldirmasdan “Oʻzarxiv” agentligining
2021- yil 27-oktabrdagi 367-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzarxiv” agentligi, uning hududiy boshqarmalari va tizimidagi tashkilotlarda manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish boʻyicha nizom talablariga rioya etmaganligi uchun tegishli xodimlarga qatʼiy choralar koʻrildi.

Xususan, Agentlik tizimdagi 7 nafar rahbar va xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvlari oʻtkazildi. Oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvlari oʻtkazilgan rahbar va xodimlarning 1 nafari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi,
3 nafariga “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

Shu bilan birga, “Oʻzarxiv” agentligi va Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan 73 ta (98,6%) vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati amalga oshirildi.

Davlat nazorati tadbirlari natijasida 67 ta tashkilotlarga koʻrib chiqishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar yuborildi.

Tekshirishda aniqlangan qonunbuzilishlari boʻyicha 15 nafar masʼul xodimlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 2154-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik boʻyicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sud organlariga hamda arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 1 ta material yuborildi.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizga murojaat qilmoqchimiz. Aziz yurtdoshlar! Agar davlat arxivlarida noqonuniy xatti-harakatlarning guvohi boʻlsangiz “Oʻzarxiv” agentligining 55-50-301-50 raqamli “Ishonch telefoni” yoki antikorarchivebot  yohud https://t.me/direktorga_murojaat  orqali xabar berishingizni soʻraymiz.

 

Eʼtiboringiz uchun rahmat salomat boʻling!


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati