AOKAda "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan arxiv soʻrovlari hamda aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar” mavzusida brifing o‘tkazildi.
“Oʻzarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyevning AOKAdagi 2025-yil 4-iyundagi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan arxiv soʻrovlari hamda aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar” mavzusida
BRIFINGI
Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar
2025-yil 26-may holatiga “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlariga mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi jami 316 093 ta soʻrovlar kelib tushgan.
Xususan, ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar 257 020 tani tashkil etib, Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 246 681 ta, xorijdan va yuridik shaxslardan
10 339 ta soʻrovlar boʻyicha murojaat qilingan.
Arxiv hujjatlari asosida 168 733 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar ijrosi bajarilib, shulardan 154 172 tasi (91,3 foizi) ijobiy hal etildi, 8 029 tasi boʻyicha esa tegishli tushuntirishlar berilgan, 68 401 tasi arxiv saqloviga kelib tushmaganligi va taalluqliligi boʻyicha tegishli tashkilotlarga soʻrovlar yoʻnaltirilgan, 19 886 tasi ijro holatida.
Shuningdek, fuqarolarning mulkiy huquqlarni aniqlash, alohida faktlar, voqealar boʻyicha kelib tushgan mavzuli soʻrovlar 59 073 tani tashkil etib, ulardan 50 037 tasi yoki 85 foizi ijobiy hal etildi, 9 036 tasi boʻyicha esa tegishli tushuntirishlar berilgan.
II. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
“Oʻzarxiv” agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning 492 ta murojaatlaridan 59 tasi shikoyat turidagi murojaatni tashkil etdi.
Koʻrib chiqilgan murojaatlarning 220 tasi qanoatlantirildi,
153 tasi boʻyicha esa tegishli tushuntirishlar berilgan, 86 tasi taalluqliligi boʻyicha tegishligi tashkilotlarga yoʻnaltirilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda aniqlangan kamchiliklar hamda qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyganliklari uchun 15 nafar rahbar va masʼul xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.
Shuningdek, “Oʻzarxiv” agentligining Idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) 55-503-01-50 (5)ga joriy yilda 1564 ta qoʻngʻiroq orqali qilingan murojaatlar boʻyicha fuqarolarga, xususan arxiv hujjatlari asosida arxiv maʼlumotnomalarini olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish yuzasidan maʼlumotlar, tushuntirishlar berildi.
Shu oʻrinda, Ish haqi va ish stajini tasdiqlash, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlashi, mavzuli soʻrovlar toʻgʻrisidagi jumladan, mulkiy huquqlarni aniqlash boʻyicha arxiv maʼlumotnomasini olish uchun jismoniy shaxslar Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qaroriga muvofiq Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etishlari mumkin.
Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizga murojaat qilmoqchimiz. Aziz yurtdoshlar! Agar davlat arxivlarida noqonuniy hatti-harakatlarning guvohi boʻlsangiz “Oʻzarxiv” agentligining 55-50-301-50 raqamli “Ishonch telefoni” yoki antikor_archive_bot yohud https://t.me/direktorga_murojaat orqali xabar berishingizni soʻraymiz.
Eʼtiboringiz uchun rahmat salomat boʻling!