AQSh yozuvchi va jurnalisti Terrell Starr "O‘zarxiv" agentligiga tashrif buyurdi.
Joriy yil 11 yanvar kuni O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosini AQShda targ‘ib qilish, mamlakatning ijobiy imidjini mustahkamlash, shuningdek respublikaning turizm brendini ommalashtirish bo‘yicha ishlar doirasida Vashingtondagi O‘zbekiston Respublikasining Elchixonasi Atlantika kengashining katta ilmiy xodimi, yozuvchi va jurnalist Terrell Starr O‘zbekistonga tashrifi doirasida "O‘zarxiv" rahbariyati bilan uchrashdi.
Maqsad T. Starr muallifi bo‘lgan kitobga O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosi, 20-asrning birinchi yarmida amerikalik qora tanli mutaxassislarning respublikaga qilgan sayohatlari, ularning faoliyati va mamlakatdagi hayoti, shuningdek, AQShda ichki turizm brendini targ‘ib qilish bo‘yicha alohida bo‘limni kiritishdir.
Jurnalist va yozuvchi 2021 yilda kitob nashr etishni rejalashtirmoqda.
Amerikalik olim 1920 yildan 1991 yilgacha O‘zbekistonga tashrif buyurgan qoratanlilarga bog‘liq arxiv materiallarini o‘rganishni, respublikada yashagan afroamerikaliklarning hayot faoliyatini yoritishni maqsad qilgan.
Uchrashuv davomida ushbu mavzuga doir ba’zi arxiv hujjatlarining nusxalari va ma’lumotlar taqdim etildi. Kelgusida mazkur yo‘nalishda halqaro hamkorlik masalalari kelishib olindi.