“Armonim yo‘q”

O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida joriy yil 26 mart kuni teatr va kino aktrisasi SSSR halq artisti Sora Eshonto‘rayeva xotirasiga bag‘ishlangan “Armonim yo‘q” nomli ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada o‘zbek teatrining to‘ng‘ich avlodi vakillari, ustoz san’atkorlar Abror Hidoyatov va Sora Eshonto‘rayevalarning oilaviy albomlari, afishalar, kartinalar, teatr kiyim va anjomlari, musiqa asboblari, audio va videomateriallar bilan bir qatorda O‘zbekiston kinofotofono hujjatlar milliy arxivi manbalari ham namoyish qilindi. Ko‘rgazmada ishida O‘zbek Milliy akademik drama teatri, O‘zbekiston Respublikasi Teatr arboblari uyushmasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti instituti, horijiy davlatlarning elchixonalari hamda diplomatik vakolatxonalari va boshqa manfaatdor idoralarning vakillari ishtirok etdilar. Ko‘rgazmaning g‘oyasi va tashkilotchisi SSSR hal artisti Sora Eshonto‘rayevaning nabirasi Nodira Hidoyatovadir. Ko‘rgazma o‘z ishlarini 2022 yil 7 aprelgacha davom ettiradi.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati