Arxiv hujjatlarida ayollar ruknida
Xojiqosimova Toshxon 1937 yil 30 noyabrda Andijon tuman Nayman qishlog‘ida tavallud topdi.
O‘rta maktabni a’lo baxolarga tugatib Andijon Davlat Pedagogika Institutiga o‘qishga kirdi. 1959 yili institutni tamomlab Andijon tumanida maktabda yoshlar yetakchisi va Andijon tuman rayon komitetida sekretar vazifasida mexnat faoliyatini boshladi.
1960 yilda Bo‘z tuman (hozirda Bo‘ston tumani) “Yangi Turmush” sovxozida rais vazifasida ishladi. Toshxon Xojiqosimova o‘zlashtirilmagan yerlarni o‘zlashtirishda, sovxoz ishchilarini yashash sharoitlarini yaxshilashda jonkuyar raxbar sifatida dovrug‘ qozondi.
1972 yilda Bo‘z tuman ijroiya komitetida ijrokom raisi, 1975 yili raykom sekretari, 1978 yilda Oltinko‘l tuman rayon komitetida raykom sekretari, 1984 yilda Asaka shahar komitetida shahar komiteti sekretari vazifalarida ishladi.
Davlatimiz Toshxon Xojiqosimovaning xizmatlarini qadrlab, Lenin ordeni, Qizil bayroq ordeni, O‘zbekiston Mehnat faxriysi ko‘krak nishoni bilan taqdirladi. Bundan ruxlangan Xojiqosimova Toshxon aya yanada shijoat bilan mehnat qilib, yoshlarga o‘rnak bo‘lib, bir necha shogirdlarning mexribon ustoziga aylandi.
1989 yilda Asaka tuman Yangi xayot sovxozida sovxoz raisi bo‘lib ishladi. 1991 yildan 1993 yilgacha pensiya nafaqasiga chiqib tinib tinchimagan mehnat faxriysi Toshxon ona Asaka tuman faxriylar kengashiga boshchilik qildi.
Umri davomida shijoatkorlik, yetakchilik, vatanga muxabbat doimo hamroxi bo‘lgan onaxon 2019 yil 10 may kuni bu dunyoni tark etdi. O‘zidan ajoyib shogirdlarini, zaxmatli mexnati samaralarini meros qilib qoldirgan Toshxon onaning xotiralari xamisha yodimizda saqlanadi.
ASOS: Andijon viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi, Asaka tumani davlat arxivi. Fond 173
Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida tayyorlangan.