Arxiv hujjatlarining saqlov talablari bajarilmoqda va xodimlarning muntazam bilimlari oshirilmoqda.

Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi davlat arxivlarida arxiv hujjatlarini sifatli saqlovini taʼminlash, yongʼin xavfsizligi talablariga rioya etish va xodimlarning bilimlarini va axborotdorligini oshirish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi tomonidan Uchtepa tumani Istirohat koʼchasi 14-uyda joylashgan arxiv binosidagi yongʼinga qarshi bildirgichlar (signalizatsiya) tizimi toʼliq rekonstruktsiya qilinib, ishga tushirildi. Аrxiv binolari uchun asosiy talablardan biri hisoblangan mazkur tizim Oʼzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining Toshkent shahriga tegishli qismini oʼrnatilgan talablar asosida saqlashga xizmat qiladi;

yongʼin xavfsizligi talablarini bajarish doirasida bino qoʼshimcha ravishda 2 ta yongʼinni oʼchirish uskunalari majmui (pojarnыy щit) va 20 ta yongʼin oʼchirish  uskunalari (ognetushitellar) bilan taʼminlandi;

arxiv saqloviga muntazam ravishda kelib tushayotgan arxiv hujjatlarini sifatli va xavfsiz saqlash maqsadida Toshkent shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi tomonidan 26 ta temir asosdagi stellajlar xarid qilindi;

Аrxiv binosida favqulotda holatlarda xodimlarni tezkor ogohlantirish, shuningdek muntazam ravishda arxiv xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish, ularni yangiliklardan boxabar qilib borish va arxiv faoliyati shaffofligini taʼminlash borasida qabul qilingan buyruqlar va boshqa hujjatlar bilan tanishtirib borish maqsadida binoning barcha qavatlari va ishchi xonalarini qamrab oladigan radio aloqa tizimi (radiouzel) ishga tushirildi. Mazkur ishlarni sifatli va samarali amalga oshirish boʼyicha alohida xodim biriktirilib, muntazam ravishda radio aloqasi orqali efirda chiqishlar qilinishi rejalashtirildi. 


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати