Arxiv ishi hududiy boshqarmalari rahbarlari uchun AKT bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil qilindi
Arxiv ishi hududiy boshqarmalari rahbarlari uchun AKT bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil qilindi
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida rahbar kadrlar uchun “Arxiv ishi sohasida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining samaradorligi” yo‘nalishida qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi. Unda Arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari hamda viloyat davlat arxivlari direktorlari malaka oshirdi. Kurs yakuni bo‘yicha “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov hamda instituti direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari R.Xursanovlar tinglovchilarga sertifikatlar topshirdi.