“Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi” muhokamasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

2019 yil 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan  “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi” muhokamasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 fevraldagi 113-son qaroriga asosan “O‘zarxiv” agentligi tomonidan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish belgilangan. Mazkur Qonun loyihasi bo‘yicha xorijiy tajriba o‘rganilib, tegishli tahliliy ma’lumotlar tayyorlandi hamda hujjat loyihasi ishlab chiqildi. Qonun loyihasini dolzarbligi yuzasidan Agentlik Bosh direktori U.Yusupov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qo‘mitasi raisi A.Qirg‘izboyev, deputat Azamat Ziyo, “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktori o‘rinbosari D.L.Kucharova, Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Yu.Kamolovlar ma’ruzalari tinglandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, “O‘zarxiv” agentligi hamda tegishli vazirlik, idoralar va arxiv muassasalarining tajribali mutaxassislari ishtirok etdilar. Tadbir “Yoshlar” teleradiokanali tomonidan tasvirga olindi.