Arxiv ishi: xalqaro amaliyot va tajriba almashish

Joriy yilning 20-24 oktyabr kunlari Frantsiyaning Parij shahrida Xalqaro Arxivlar Kengashi hamda Frantsiya Madaniya va kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Hozirgi zamonda arxiv ishining dolzarb muammolari” mavzusidagi Xalqaro Oliy Arxiv konferentsiyasi (CISA) 2014 bo'lib o'tdi. Konferentsiya Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Boltiq bo'yi va Gruziya mamlakatlari arxiv rahbarlari uchun tashkil etilganligini inobatga olib, unda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O'zarxiv” agentligi bosh direktori o'rinbosari D.L.Kucharova ishtirok etib, “Baholash siyosati: raqamlashtirish, Internet va ijtimoiy tizimlar, madaniy va pedagogik siyosat” qismida “Hozirgi zamonda arxiv ishining dolzarb masalalari” mavzusida ma'ruza qildi.

Shuningdek, Konferentsiyada arxiv xatlashning standartlari: dunyo va evropa tajribasi; arxivlarni jamlash muammolari: uslub va infrastruktura, VITAM vazirliklararo elektron arxiv loyihasi misollari; turli mamalakatlar orasida bo'lingan, hujjatli merosdan foydalanish muammolari; boshlang'ich/kelgusi ta'lim va arxivchilarning kasb etikasiga doir dolzarb masalalar muhokama etildi.