Arxiv ishini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan normativ hujjatlar yuzasidan targʻibot ishlari olib borilmoqda.
Tashkilotlarga arxiv ishini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan normativ hujjatlar yuzasidan targʻibot ishlari olib borilmoqda.
Joriy yil 20-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5834-son Farmoni hamda, “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-4463-son qarori qabul qilinganligi soha vakillari bilan bir qatorda idoraviy arxiv va ish yuritishga masʼul xodimlarni masʼuliyatini yanada oshiradi.
Mazkur normativ hujjatlarni mazmun mohiyatini targʻib qilish va kelgusida idoraviy arxivlar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarni masʼullarga yetkazish maqsadida Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari Milliy arxivning jamlash manbai boʻlgan tashkilotlarga oʻquv-seminarlari oʻtkazilmoqda.