“Arxiv ishining holati va uning huquqiy asoslarini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi konferentsiya to'g'risida...
O'zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlari Markaziy davlat arxivida O'zbekiston Respublikasida arxiv ishi sohasining hozirgi holatini ob'ektiv tahlil qilish, mavjud dolzarb muammolar, ularni hal etish hamda zamonaviy echimlarini ishlab chiqishga qaratilgan qonuniy-huquqiy asoslarni yanada takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida “9 iyun – Xalqaro arxivlar kuni”ga bag'ishlangan tadbirlar doirasida “Arxiv ishining holati va uning huquqiy asoslarini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida konferentsiyasi o'tkazildi.
Konferentsiya O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O'zarxiv” agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Shuningdek konferentsiyada aloxida qimmatli va noyob arxiv hujjatlaridan tayyorlangan foto ko'rgazma tashkil etildi. Arxivning faoliyatini ko'rsatib beruvchi video rolik va tarixiy kinohujjatlardan lavhalar namoyish etildi.