Arxiv muassasalari rahbar-xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi

"O‘zarxiv" agentligining Axborot texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i A.Turapov Andijon viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda uning tassarrufidagi arxiv muassasalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida  seminar-trening o‘tkazdi.
Seminarda ishtirokchilarga Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 495-son qarori mazmun-mohiyati bilan tanishtirilib, tasdiqlangan reglamentlar bo‘yicha tushunchalar berildi.
Shu bilan birgalikda boshqarma hamda davlat arxivlariga my.archive.uz  va ijro intizomini nazorat qilish va elektron hujjatlar aylanishning yagona tizimi  Ijro.uz dasturidan foydalanish bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати