Arxiv muassasalarida davlat xizmatlari ko‘rsatishni avtomatlashtirish davr talabi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi «Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ 3662-sonli Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi tashabbusi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi ko‘rsatmasiga muvofiq joriy yilning 6 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida «Arxiv faoliyatini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan axborot tizimlari» mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi. Seminarda «O‘zarxiv» agentligi tizimidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari va viloyat davlat arxivlari direktorlari ishtirok etdilar. O‘quv seminarda bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi faoliyatida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rivojlantirish va bu borada axborot tizimlarini yaratish maqsadida joriy etilgan dasturiy maxsulotlar va ularning ish faoliyati seminar ishtirokchilariga tanishtirildi. Seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad kelgusida ushbu axborot tizimlarini barcha arxiv muassasalari faoliyatida keng qo‘llash va arxiv xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilashdir. Seminarning ikkinchi amaliy qismida esa arxivda faoliyatda bo‘lgan axborot tizimlari va zamonaviy raqamlashtirish skaneri bilan tanishdilar. Seminar maqsadli va foydali bo‘lib kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muxokama qilindi.