ARXIV SOHASI XODIMLARI ENDILIKDA INXA UNIVERSITETIDA MALAKA OShIRISh IMKONIYATIGA EGA BO‘LADILAR.
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi va Toshkent shahridagi Inxa universiteti o‘rtasidagi hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Ishtirokchilar o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirish ahamiyatini inobatga olgan holda, Ishtirokchilar o‘rnatilgan tartibga ko‘ra tenglik va o‘zaro manfaatdorlik asosida bir necha yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan anglashuvga erishdilar.
Rasmiy tadbirdang so‘ng Inxa universiteti rektori "O‘zarxiv" agentligi rahbariyatini ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.