Аrxiv sohasida ko‘p yil xizmat qilgan faxriylar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

2019 yil 25 oktyabr kuni “O‘zarxiv” agentligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2019 yil 5 avgustda 08/1-220-son bilan tasdiqlangan “O‘zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganligining 100 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” ijrosini ta'minlash maqsadida arxiv sohasida ko‘p yil xizmat qilgan faxriylar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvga Kuzmenko Valentina Ivanovna, Kamilova Malika Irgashevna, Ziganshina  Irina Viktorovna, Mirzaeva Mavjuda Gafurovna, Fomenko Tat'yana Dauletovna, Yusupova Nina Ergashevna, Djuraeva Saida G‘afurovna, Ismailova Nigora Aktamovnalar, Xodjimetova Mastura Tuxtamurodovnalar taklif etildi.

Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov faxriylar va tadbir ishtirokchilariga arxivlarga bugungi kunda davlatimiz rahbari hamda hukumatimiz tomonidan qaratilayotgan e'tibor, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazish bilan birga O‘zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganligining 100 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha olib borayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Barcha faxriylarni bayram bilan muborakbod etib, ularga 100 yillik munosabati bilan nashr etilgan pochta markasi hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Tadbirda so‘z olgan rahbar-xodimlar, faxriylar tizim xodimlarini bayram bilan muborakbod etib, “O‘zarxiv” agentligiga minnatdorlik izhor etdilar.