Arxiv sohasini rivojlantirish yo‘lida хorijiy investorlar bilan muzokaralar davom ettirilmoqda.

2019 yil 16 iyul kuni "O‘zarxiv" agentligi Bosh direktori Yusupov Ulug‘bek Mirtalibovich AQShdagi investitsion kompaniyalaridan biri, IT sohasida bir-necha yillik boy tajribaga ega "Digital Edge" kompaniyasining Bosh direktori Mixail Petrov, kompaniya Bosh direktor o‘rinbosari Simon Mosheshvili va kompaniyaning O‘rta Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Kasim O‘kchu bilan "Elektron arxiv"ni tashkil etish yuzasidan navbatdagi muzokaralarni o‘tkazdi. Tadbirda shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy arxivi direktori D.Zakirova, O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi direktori B.Axmedov va mutaxassislar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida har ikkala tomon hamkorlikni o‘rnatish, rivojlantirish istiqbollari yuzasidan o‘z fikr-mulohalarini bildirdilar hamda qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.