Arxiv xodimlari “Central Asia-2016 X Xalqaro konferentsiyasi”da ishtirok etdilar
Arxiv xodimlari “Central Asia-2016 X Xalqaro konferentsiyasi”da ishtirok etdilar
“O‘zarxiv” agentligi va tizimidagi arxiv muassasalari xodimlari joriy yilning 21-23 aprel kunlari Samarqand shahrida navbatdagi “Central Asia-2016 Ilm-fan, ta'lim, madaniyat va biznesda axborot-kutubxona resurslari X Xalqaro konferensiyasi”da ishtirok etdilar. Mazkur tadbir an'anaviy tarzda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan o'tkazilib, unda O‘zbekistonning turli hududlari hamda chet el vakillari tomonidan axborot-kutubxona, arxiv va muzeylarning ilm-fan, ta'lim, madaniyat va biznesda elektron axborot resurslardan foydalanish ishlaridagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.
Konferensiyada “O'zarxiv” agentligi Bosh direktori A.Abdullaev “Korporotiv axborot tarqmolarini darajasiga ko‘ra ierarxik tizimda arxiv ishini boshqarish bo‘yicha turkumlash” mavzudagi, bo'lim boshlig'i A.Aliev “Kutubxona va muzeylarning MAF hujjatlarini markazlashgan elektron ma'lumotlar bazasini yaratish” nomli, O‘zRKFFH MDAning direktori D.Zakirova “Audiovizual merosni raqamlashtirishning dolzarb masalalari” hamda katta ilmiy xodimi M.Mirzaaxmedov “Muzeylardagi fotoplastinkalarni raqamlashtirish orqali yagona elektron baza yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Konferensiya tashkilotchilari tomonidan “O‘zarxiv” agentligi bo‘lim boshlig'i A.Aliev “Eng yaxshi moderator” deb e'tirof etildi. Ishtirokchilarning ovoz berish natijalariga ko'ra, O‘zRKFFH MDAning direktori D.Zakirovaning “Audiovizual merosni raqamlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ma'ruzasi “X-Xalqaro konferensiyaning eng yaxshi ma'ruzasi” nominatsiyalari bo'yicha 1-o'rin sohibi etib e'tirof etildi.
Agentlik Axborot xizmati