Arxiv xodimlari ishtirokida “SPORT” musobaqalari o‘tkazildi.











“8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan «O‘zarxiv» agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida “SPORT” musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Sport musobaqalari 100 metrga yugurish tashkil etilib, unda Samarqand viloyati vakilasi Sevinch Murodillayeva g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin O‘zbekiston Milliy arxivi vakilasi Saida Adilovaga, uchinchi o‘rin Saida Davronovaga nasib qildi. G‘oliblar «O‘zarxiv» agentligining idoraviy mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Har bir ishtirokchi bayram munosabati bilan Agentlikning maxsus sovg‘asi va “Tashakkurnomasi” bilan taqdirlandi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati