Arxiv xodimlari «Muruvvat uyi»da mexmonda


Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa obod aylagay.

Ushbu misralar orkali Mutafakkir bobomiz hazrat Navoiy insonlarning dardini eshitish, mushkulini oson qilish azaldan xalqimizda e’zozlangan yuksak insoniy fazilatlardan biri ekanligi to’g’risida so’z yuritgan. Bir ehtiyojmand insonning dardu tashvishini eshitib, uning ko‘nglini olib, xursand qilish Ka’bani obod qilish bilan barobar deyiladi. 
Darhaqiqat, mo‘min kishi boshqa bir mo‘minga to‘g‘ri maslakdosh bo‘lsa, uni qiynayotgan masalani o‘zaro hal qilib, mushkulini oson qilsa, unga sherik bo‘lib qayg‘usini aritsa, o‘zining ham qayg‘usi ketadi, birovga yordam berdimi, unga ham yordam beriladi. Bu yillar davomida sinalgan hayotiy haqiqatlardan biri. 
Joriy yil 2 aprel kuni Buxoro viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan Buxoro shaxridagi bolalar «Muruvvat uyi»da tarbiyalanayotgan xastalikka chalingan ehtiyojmand va boquvchisini yo‘qotgan bolajonlar uchun “Navruz “ayyomi munosabati bilan ularning o‘ksib qolgan yuraklariga ozgina bo‘lsada shodlik ulashish maqsadida sovg‘alar ulashildi.