Arxiv xodimlari “Ugam” oromgohida dam olib qaytdilar...
Yaxshi dam mehnatga hamdam deganlaridek, joriy yilning 10-12 iyul kunlari O'zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmasi tomonidan “O'zarxiv” agentligi va O'zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivining xodimlarini moddiy va ma'naviy rag'batlantirish maqsadida maroqli hordiq chiqarishlari uchun “Ugam” oromgohiga yo'llanmalar berildi.
Dam olish maskanida dam oluvchilar vaqtlarini maroqli o'tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Bo'stonliq tumanida joylashgan so'lim go'sha barcha arxiv xodimlariga yangi kuch-g'ayrat bag'ishladi. Arxivchilar kasaba uyushmasi tomonidan taqdim etilgan yo'llanma uchun o'z minnatdorchiliklarini bildirgan holda kelgusida bu kabi tashabbuslar ko'p bo'lishiga tilak bildirib qoladilar.