Arxiv Yo‘lko‘rsatgichi qayta nashrdan chiqarildi.

O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi hujjatlardan foydalanish yo‘nalishida shu kungacha foydalanib kelinayotgan arxiv Yo‘lko‘rsatgichi (1991 yilda nashr etilgan edi) yillar davomida ma’lumotlarni qayta to‘ldirish va nashrga tayyorlashni taqazzo qilayotgan edi. Yo‘lko‘rsatgichni qayta to‘ldirish maqsadida arxiv direktori va yetakchi mutaxasislar ishtirokida alohida guruh tashkil etildi va barcha fondlar qayta o‘rganilib, yo‘lko‘rsatgich qayta to‘ldirildi. Yo‘lko‘rsatgichni qayta ishlangan so‘ngi ko‘rinishi “O‘zarxiv” agentligi Markaziy tekshiruv-ekspert komissiyasi xulosasiga ko‘ra nashr qilishga tavsiya qilingan bo‘lib “O‘zarxiv” agentligining tegishli topshirig‘iga binoan yo‘lko‘rsatgichni nashr nusxasi (elektron) arxivning rasmiy saytiga xam joylashtirildi http://ntmd.uz/29 . 2019 yil 5 dekabr kuni ushbu Yo‘lko‘rsatgichning nashrdan chiqqan nusxasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yangi nashrdan chiqqan Yo‘lko‘rsatgich Tarix fakulteti o‘qituvchi va mustaqil tadqiqotchilari, hamda talabalarning foydalanishlari uchun taqdim qilindi. Endilikda foydalanuvchilar yangi yo‘lko‘rsatgich yordamida arxiv hujjatlaridan foydalanadilar.