#Arxivchi Fidoiy arxiv xodimi.

#Arxivchi
Sotimov Matqurbon aka xarbiy xizmatdan kelib texnikumni, ya’ni maxsus bilim yurtidagi o‘qishini bitirgach Yangibozor tumanidagi “Rossiya” sovxozida qisqa muddat ishladi. 1982 yil boshida Xorazm viloyati davlat arxivi Yangibozor bo‘linmasi qoshidagi xo‘jalik xisobida ishlovchi guruxga ishga kirdi va bir umr shu dargoxga bog‘lanib qoldi. Arxiv ishi uning hayotining bir bo‘lagiga aylandi. Shu yerda ishlab obro‘ e’tibor topdi, oilali bo‘ldi, farzandlarini voyaga yetkazib oliy o‘quv yurtlarida o‘qitdi.
O‘tgan 37 yil mobaynida arxiv ishining barcha qirralarini o‘rgandi. Ish faoliyati davomida arxiv saqlovidagi xar bir xujjatga oddiy qog‘oz emas, kimlarningdir taqdiriga daxldor, qaysidir katta yoki kichik xodisa voqeaning tasdiqlovchi dalili deb qarashni o‘ziga shior qilib oldi. Arxivga oddiy xo‘jalik xisobidagi guruh arxivchisi bo‘lib ishga kirib, katta arxivchi, bo‘linma direktori, yetakchi arxivchi vazifalarida ishlashida uning ishga o‘ta ma’sulyat bilan qarashi, jamoada o‘zining boshqalarga o‘rnak bo‘lishga arzigulik xulqi, ishchanligi, asosiysi e’tiborliligi tufayli erishdi.
Shu yillar davomida ko‘plab shogirdlar yetishtirdi. Shogirdlariga kamchiliklarini to‘g‘rilashda qattiqqo‘llik bilan yondoshadi. Arxiv saqlovidagi xujjatlarni ekspertiza qilish, ro‘yxatlarni takomillashtirish ishlarini, doimiy saqlovdagi xujjatlarning xisobini yuritish va MAF davlat katalogiga kiritib borish ishlarini diqqat bilan bajarish barobarida arxiv binosidagi xar bir jihatiga, xar qanday nosozliklarga e’tiborli bo‘ladi va tezda bartaraf qilish choralarini ko‘radi. Chunki arxiv Matqurbon akaning ikkinchi uyiga aylangan.
Matqurbon aka bu yil 60 yoshga to‘ldilar. Shogirdlari tug‘ilgan kunlari bilan tabriklab o‘z xurmatlarini ushbu misralar bilan izxor qildilar.

Yangibozor arxivida mustaxkam bir ustun bor,
Xar bir ishda diqqatli, xar bir ishda fidokor,
Ustoz Matqurbon aka, arxivimiz yuragi,
Ozmas , ko‘pmas soxada qirq yilcha staji bor.

Soxamizning xaqiqiy fidoiyisi bo‘lgan Matqurbon akaga uzoq umr, sixat-salomatlik oilaviy xotirjamlik va ishlarida rivoj tilaymiz.