Arxivchi – sportda ham yetakchi.
Arxivchi – sportchi!
Fargʻona viloyat davlat arxivida zamonaviy sport anjomlari bilan jixozlangan sport xonasi tashkil etilgan. Bu yerda barcha xodimlar ishdan boʻsh vaqtlarida oʻzlari qiziqqan sport turlari bilan shugʻullanib kelmoqdalar. Ana shunday xodimlardan biri Asadullayev Azizbek sportning USHU turi bilan muntazam shugʻullanib keladi.
Joriy yilning iyul oyida Fargʻona shahrida joylashgan Boks klubida sportning USHU turi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi boʻlib oʻtdi. Musobaqada qatnashgan Asadullayev Azizbek 55 kg vaznda viloyatda gʻolib boʻldi, respublika miqiyosida esa faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi.
A.Asadullayev viloyat davlat arxivida 2017-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Dastlab, xoʻjalik guruxida ishladi, oʻzining sportdagi matonati va muvaffaqiyatlari singari, arxivda xam malakali xodimga aylandi. Shu munosabat bilan unga sportda, arxivda va shaxsiy xayotida ulkan zafarlar tilab yanada katta natijalarni kutib qolamiz.