ARXIVChI XODIMLAR BAYRAM OLDIDAN TAQDIRLANDILAR

“O‘zarxiv” agentligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan ko‘p yillik samarali mehnati, arxiv ishini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir qator xodimlar “SOHA IFTIXORI” ko‘krak nishoni, “FAXRIY YORLIQ” va “TAShAKKURNOMA” bilan taqdirlandilar.
Xususan, "SOHA IFTIXORI" ko‘krak nishoni bilan quyidagi xodimlar taqdirlandilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Qaipnazarov Maxset Bayniyazovich;
O‘zbekiston milliy arxivi direktori Zakirova Dilbar Taxirovna;
Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman davlat arxivi arxivchisi Maxmudova Maryam Xudoyberdiyevna.
20 nafar xodimlar “FAXRIY YORLIQ” va “TAShAKKURNOMA” bilan taqdirlandilar.
Barcha hamkasblarni idoraviy mukofotlar bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etib, arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi faoliyatlarida yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz!!!


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати