Arxivchi xodimlar uchun kitoblar yarmarkasi tashkil etildi
Kitob bilim va ilm manbai. Ushbu naql barchamizga ma’lum. Yurtimizdagi yosh-u qarining kitobga bo‘lgan mehri o‘zgacha. Kitob o‘qish fikrlash doirasini va inson dunyoqarashini kengaytirishi barchamizga ayon.
Farg‘ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda uning tizimidagi arxiv muassasalarida ham kitobxonlik yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Farg‘ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi Farg‘ona viloyat Yoshlar markazi qoshida tashkil etilgan “Kitoblar olami” (Book.uz Fergana) nomli kitob do‘koni bilan hamkorlikda boshqarma binosida “Kitoblar yarmarkasi” tashkil etildi.
Ushbu yarmarkada arxiv binosiga 500 dan ziyod badiiy, ilmiy, bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblar, shuningdek, har hil mavzularga oid 500 ga yaqin kitoblar keltirildi.
Xodimlar uchun ushbu kitoblarni nasiyaga, muddatli to‘lovga berilgani ayni muddao bo‘ldi.
Mazkur tashkil etilgan yarmarkadan boshqarma va viloyat davlat arxivi xodimlari unumli foydalangan holda o‘zlariga zurur bo‘lgan har hil turdagi kitoblarni xarid qildilar.
Bundan tashqari viloyat davlat arxiviga tashrif buyurgan fuqarolar ham o‘zlariga manzur kelgan badiiy, bolalar uchun mo‘ljallangan, shuningdek, ilmiy mavzulardagi kitoblarni xarid qilib, bunday sharoit yaratilganligi uchun Arxiv muassasasidan minnatdorliklarini takidlab o‘tdilar.
Tizimda faoliyat koʼrsatib kelayotgan xodimlar va arxivga murojaat qilib kelgan fuqarolardan kelgusida yana shunday yarmarkalar tashkil etilishi borasida takliflar tinglanib, bunday hamkorlik ishlari uzoq vaqt davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgani haqida ularga tushuntirishlar berildi.