ARXIVChI YoSh XODIMALAR O‘RTASIDA BELLAShUV BU YIL JIZZAXDA O‘TKAZILADI.

ARXIVChI YoSh XODIMALAR O‘RTASIDA BELLAShUV BU YIL JIZZAXDA O‘TKAZILADI.
“O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalari xodimalarining huquqiy va shaxsiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy ongini hamda sohaga oid bilimlarini oshirish, shuningdek bahor bayramlarini munosib nishonlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4235-son qarori va “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimida 2020 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida Agentlikning farmoyishi imzolandi.
Farmoyishga ko‘ra joriy yil 4-5 mart kunlari Jizzax viloyatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari hamda O‘zbekiston milliy arxivlari yosh xodimalari o‘rtasida “Balli qizlar” bellashuvi o‘tkaziladi.
Farmoyish bilan “Balli qizlar” bellashuvini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi.
Mazkur tanlovda davlat arxivlarida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha yosh xodimalarni ishtirok etishga taklif etib qolamiz.
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati

 

Nizomni yuklab olish