«ARXIVLAR – KEChA VA BUGUN»
Surxondaryo viloyat davlat arxivining eski binosi 1898 yilda qurilgan bo‘lib, 2019 yilga qadar hujjatlarni saqlash talablariga mutlaqo javob bermay qolgan edi.
2019 yil 4-5 noyabr kunlari Surxondaryo viloyati davlat arxivi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bino 7 qavatdan iborat bo‘lib, zamon talablariga mos ravishda jihozlangan. Binoda o‘quv xonasi, konferens zal, fuqarolarni qabul qilish xonasi, xodimlar xonasi, hujjatlarni texnik ishlov xonalari va saqlov xonalari mavjud. Bino eng yuqori isitish va sovutish tizimlari va zamonaviy lift bilan ta’minlangan.