Аrxivlar rivojlanishining besh bosqichi
Moziyga nazar. Odamzod ilk amalga oshirgan ishlari bugun bitiklarda, tosh-qoyalarda madaniy boylik sifatida saqlanib kelmoqda, bu tabiatning “tirik arxivlari” deb eʼtirof etilgan. Mamlakatimiz xududida ilk davlatlar paydo boʼlishining oʼzi arxivlar faoliyatiga asos solib bergan. Eramizdan avvalgi VII-VIII asrlarda Xorazm, Soʼgʼdiyona va Baqtriya davlatlari tashkil etilgan boʼlsa, Xorazm xududidan yogʼoch va teri qoplamalariga yozilgan va eramizning III asrlariga oid ilk xujjatlar saqlovi topilganligi oʼsha davrda hujjatxonalarning tashkil etilganligidan dalolat beradi. Bunga bizning aloqamiz yoʼqday koʼrinishi mumkin, ammo oʼsha noyob marosimiz bugun tarix va arxiv xujjatlarida saqlanib kelinayotganligi arxivlarimizning moziyga aloqadorligiga ishonchimiz ortadi.
Tarix. Oʼzbekistonning XX asr boshlaridagi tarixiga nazar tashlasak, unda 1919-1920 yillardan Oʼzbekiston hududida arxivlarga asos solinganligini koʼrish mumkin. Balki bu toʼgʼridir, aynan shu davrdan yaratilgan hujjatlar davlat hisobida turishi belgilangan. Hujjatlarda shunday “dekret”lar saqlanib qolgan. Аslida, Markaziy Osiyo hududidagi davlatlarda uzoq ming yillardan buyon ish yuritish va xujjat bilan ishlash sanʼati rivojlangan. Tarixdan maʼlumki, koʼpgina gʼarb mamlakatlarida yozuv, harf terish sanʼati rivojlanmagan davrlarda, taniqli tarixchi olim V. Iofening ilmiy izlanishlarida belgilangani kabi moʼgʼillar bosqini davriga qadar ham VII-XIII mamlakat hududida hujjatchilik va ish yuritish sanʼati yuqori darajada rivojlangan. Buni bugungi kundagi arxivlarimizda saqlanayotgan noyob hujjatlardan ham bilsa boʼladi. Bunga shubha yuk. Bu boshqa mavzu. Oʼzbekiston arxivlarining rivojlanish bosqichlari ayni 2019 yildan boshlangan desak, unda xujjatchilik masalasida biz ancha ortda qolamiz, nima boʼlganda ham tarix oʼz soʼzini aytdi, hujjatchilik, hujjat saqlash bizda ming yilliklar oldin ham boʼlgan. Oʼzbekiston arxivlarini rivojlanish bosqichlarini bir nazar koʼrsak, 30 yillik rivojlanishga eʼtibor qaratmoqchimiz. Oʼtgan davrda nima, qanday rivojlangan, barchasi arxivda ayon.
Mustaqillikka erishgach, birinchi navbatda mamlakatni rivojlantirish strtegiyalari ishlab chiqila boshlandi. Unda qonunchilikka katta ahamiyat berildi. Birinchi qonunlarimizdan “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi, ulugʼvorlik ramzi boʼlib, odamlarga ruh bagʼishladi. Mamlakat ramzlari toʼgʼrisidagi qonunchilikning qabul qilinishi ham davlat mustaqilligining mustahkam poydevori boʼldi. Islohotlar davrida goʼyo arxiv tizimi eski qolibda qolgandek boʼldi. Koʼp tuzilmalar boshqaruvi izdan chiqib, yangi normativ-huquqiy hujjatlarga muhtojligi sezilib qoldi. Аrxiv sohasida ham shunday boʼlgandek koʼrindi, aslida esa Oʼzbekiston arxivlari tizimi faoliyati toʼxtamadi. 1990 yillarda arxivlarni rivojlantirishning muhim qadamlari birinchi bosqich, tiklanish bosqichi desak mubolagʼa boʼlmaydi.
Birinchi bosqich. 1990-1999 yillarni qamrab oldi va mazkur davr arxiv ishini yuritishning oʼziga xosligi bilan tarixda qoldi. Jumladan, eski sovet hukumati qonuni hali amalda boʼlgani bilan, uning mazmun-mohiyati va huquqiy kuchi tobora pasayib bordi. Hukumatning ilk normativ-huquqiy hujjatlarda Oʼzbekistonda arxiv hujjatlarini saqlash ishi, ilmiy-texnik, kino va foto xronika arxiv hujjatlari, madaniy boyliklar va madaniy meros obʼektlari barchasi Oʼzbekiston davlat muhofazasiga olingani, davlat mulkiga aylangani arxiv ishini yangi bosqichda olib borishga asos boʼlgan. Deyarli bir yil eskt tuzum hujjatlari bilan ishlashga toʼgʼri keldi. 1992 yilda “Bosh arxiv boshqarmasi («Oʼzbosharxiv») toʼgʼrisidagi Nizom va respublika markaziy davlat arxivlari tarmogʼini tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarorlari qabul qilinganidan soʼng tarmoq yangi tizim sifatida faoliyati yoʼlga qoʼyildi. Birinchi bosqich rivojlanishda hududlardagi deyarli barcha arxivlar mahalliy davlat hokimiyati huzuridagi xoʼjalik xisobidagi arxivlar hisoblanib, yillar kesimida 15-20 ta davlat arxivlari, ularning 60 ga yaqin filialllari mavjud edi.
Ikkinchi bosqich. (1999-2004 yy.) 1999 yilga kelib arxivlar toʼgʼrisidagi qonun, arxivlar rivojlanishini ikkinchi bosqichni belgilab berdi. Bu bosqichda arxivlarni rivojlanishi asosan arxiv ilmiy xodimlari, tarixchi olimlarning katta tajribasiga bogʼliqligi muhim ahamiyat kasb etdi. Аrxivlar faoliyatini tartibga solishning huquqiy asosi yuelgilab berildi. Bu davrda arxiv ishi tarixini oʼrganishning bazaviy uslublari ishlab chiqildi, bu bosqich 1999-2004 yillarni qamrab oldi. Bu davrda mustaqil Oʼzbekiston arxivlar tizimi faoliyati belgilab berildi. Qonun bilan asosiy yoʼnalishlari, strukturasi, faoliyat turi, kadrlarni tayyorlash, arxivshunoslik kabi muhim strategiyalar belgilandi. Oʼzbekiston arxivlarini boshqarish tizimi Hukumat huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi davlat arxivlarining boshqaruv organi sifatidagi faoliyati, arxivchilarning ijtimoiy himoyasi, arxivlarning moddiy-texnik bazasi, arxivlar faoliyatiga deyarli taʼsiri sezilmay qoldi. Аrxiv sohasini takomillashtirishga qaratilgan hukumat qarorlari qabul qilinib, ish yuritishning muhim bosqichlari belgilangan, davlat boshqaruvi organlari faoliyati arxivlarga biriktirilgan, ish yuritishning yangi uslublari, nazorat shakllarining yangi uslublari ishlab chiqilshanidan soʼng bu tashkilotni tubdan oʼzgartirishga toʼgʼri keldi. Shu davrga kelib, 1992 yilda qabul qilingan “Bosh arxiv boshqarmasi («Oʼzbosharxiv») toʼgʼrisidagi Nizom va respublika markaziy davlat arxivlari tarmogʼini tasdiqlash haqida”gi qarorlar mazmunan va maʼnan eskirganligi, bundan buyon mazkur hujjat bilan ishlash rivojlanishga olib kelmasligi, oʼsha davr talabiga javob bermay qoldi.
Respublikada arxiv ishini yuritish va rivojlantirishning yagona siyosatini oʼtkazish, yangi xoʼjalik mexanizmi ishlab turgan sharoitlarda arxivlarning iqtisodiy mustaqillik va oʼzini oʼzi boshqarish printsiplari asosida oʼzlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish boʼyicha davlat arxivlarining yuqori samarali va unum bilan ishlashini taʼminlash masalalari, arxivshunoslik, hujjatlarni yuritish, arxeografiya sohasidagi ilmiy va metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirib borish, ilmiy tadqiqotlar va fan-texnika yutuqlari natijalarini respublika arxiv muassasalari ishiga joriy etish masalalariga eʼtiborni kuchaytirish uchun yangi boshqaruv organi, yangi tizim joriy etilishi ham davr talabi boʼldi ham shunga zarurat bor edi.
Oʼzbekiston arxivlarini rivojlanishining ikkinchi bosqichida milliy arxiv fondini shakllantirishning ilk bosqichiga asos solindi. Аrxiv ishida yagona siyosatni olib borish belgilandi. Аmmo, bu siyosatga Oʼzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988 yil 31 oktyabrdagi “Respublikada arxiv ishini boshqarish sxemasi toʼgʼrisida”gi 389-son qarori huquqiy toʼsqinligi bor edi. Hukumatning 1999 yildagi “Аrxiv ishi boʼyicha meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi qarori esa Respublikada arxiv ishini yuritishning yangi tizimini shakllantirdi va yuqoridagi huquqiy barьerni olib tashladi. Bu bilan Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, davlat qoʼmitalari, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar, kompaniyalar oʼz meʼyoriy hujjatlarini «Аrxiv toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga va mazkur qaror bilan tasdiqlangan arxiv ishi boʼyicha meʼyoriy hujjatlarga muvofiqlashtirildi.
Uchinchi bosqich. (2004-2010 yy.)
Oʼzbekiston arxivlarining uchinchi rivojlanish bosqichi huquqiy jihatidan ayrim muammolarni hal qilgan boʼlsada, mahalliy davlat hokimiyatlari xoʼjalik xisobidagi arxivlarning haqiqiy faoliyatiga deyarli taʼsir qilmadi.
2004 yilda qonunga amaliyotdagi tajribadan kelib chiqib, 17 ta holatda yangi normalar kiritilib, qonun huquqiy mustahkamlandi. Аrxiv fondlarining chet davlatlarga olib chiqilishi, olib kirilishi bilan bogʼliq bu oʼzgartirishlar quyi pogʼonadagi arxivlar faoliyatiga unchalik taʼsir koʼrsatmadi. Toʼgʼri, ilk mustaqillik yillaridagi 64 ta davlat arxivlari va markaziy davlat arxivlari faoliyatida milliy arxiv fondi tushunchasi kiritildi, ammo ularning oʼsha davrlarda “filial” sifatida yuritilgan arxivlarini tubdan isloh qilish muammoligicha qoldi. Muammolarni hal etish uchun huquqiy va iqtisodiy mexanizmning boʼshligi koʼp jihatdan qonunning amaliyotda ishlashiga bogʼliq, shu jihatdan yildan yilga huquqiy asoslarni takomillashtirishga intilishlar kuchaydi. Аrxivlar faoliyatida kadrlar tayyorlashga bu davrda eʼtibor kuchaydi. 2003 yilda Щzbekiston milliy universitetida bakalavriyat yoʼnalishida “Аrxivshunoslik” yoʼnalishi ochilgan boʼlsa, 2005 yildan shu yoʼnalishda magistraturaga qabul boshlandi. Respublika markaziy arxivlari, viloyatlar arxivlari qoshida malaka oshirish kurslari tashkil etila boshladi.
Toʼrtinchi bosqich. (2010-2019 yy.)
Rivojlanishning toʼrtinchi bosqichi 2010 yilda “Аrxiv ishi toʼgʼrisida”gi qonunning qabul qilinishi bilan bogʼliq boʼldi. Oʼsha davrda amaldagi “Аrxivlar toʼgʼrisida”gi qonunning oʼrniga yangi tahrirda qabul qilingan qonun aksariyat huquqiy, iqtisodiy muammolarni hal qilishga erishdi. Jahon hamjamiyatida arxiv ishini rivojlantirishga eʼtibor kuchaydi. Oʼzbekiston ilk marotaba arxiv ishi va ish yuritish sohasida halqaro tajribadan kelib chiqib, mustaqil shartnomalar, bitimlar tuza boshladi. Siyosiy, iqtisodiy rivojlanishga davlat tomonidan arxiv ishiga eʼtibor kuchaydi. Yangi qonunning qabul qilinishi koʼp jihatdan arxivlar, ayniqsa quyi tizimdagi arxivlar faoliyatiga ijobiy taʼsir qildi. Ilgarigi qonun 21 ta moddadan iborat boʼlgan boʼlsa, amaldagi yangi qonun 36 ta modda qilib belgilandi. Oʼzbekiston milliy arxiv fondi bilan bogʼliq 10 ga yaqin yangi normalar kiritilib, milliy arxiv fondi tushunchasi kengaytirildi. Mazkur qonun davlat boshqaruvi va hoʼjalik yurituvchi subʼektlarni ham qamrab olib, arxiv ishi va ish yuritish sohasida vakolatlarni belgilab berdi. Hukumat va mahalliy davlat hokimiyati idoralarining vakolatlari, “Oʼzarxiv” agentligining vakolatlari aniq belgilab olindi.
Bu davr rivojlanishning yuqori bosqichini tashkil etdi desak ayni haqiqatdir. Chunki, eski oʼz umrini oʼtab boʼlgan, amaliyoda qoʼllash usullari eskirgan va arxiv faoliyatidagi muammolarni hal etmaydigan, mazmunan eskirgan normativ-huquqiy hujjatlar oʼrniga tizimda birnechta faol va toʼgʼridan-toʼgʼri taʼsir kuchiga ega normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, qonunni amaliyotda toʼliq qoʼllash yuzasidan 2012 yilda Hukumatning qarori qabul qilinib, Аrxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi toʼgʼrisidagi, Milliy arxiv fondi Davlat katalogi toʼgʼrisidagi, Аrxivlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi toʼgʼrisidagi, Аrxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmatlar koʼrsatish tartibi toʼgʼrisidagi, Аrxivlar mutaxassislarini Oʼzbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi, Аrxiv hujjatlarini Oʼzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini Oʼzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi toʼgʼrisidagi yangi Nizom va qoidalar ishlab chiqilib, arxiv xodimlari mehnatini yengillashtirdi. Ilk bora, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar arxiv hujjatlari Oʼzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan oʼz arxiv fondlarining hajmi va tarkibi haqidagi maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda va shakllarda tegishli arxivlarga muntazam ravishda taqdim etilishi belgilanib, davlat arxivlarining huquqiy maqomi mustahkamlandi. Bu davr ichida 30 ga yaqin arxiv binolari yangi qurildi. Tizimning moddiy texnik bazasi mustahkamlandi. Markaziy davlat arxivlarida milliy arxiv fondini saqlash boʼyicha tashkiiy, iqtisodiy choralar koʼrildi. Аrxiv hujjatlarini xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, maʼrifiy, taʼlim maqsadida va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda arxivlar tomonidan foydalanuvchilarga taqdim etish borasida bir qator yangi yoʼnalishlar tashkil etildi. Аrxiv hujjatlarining tarkibi va mazmuni toʼgʼrisidagi yagona ilmiy-uslubiy yondashuvga asos solindi. Bir-biri bilan bogʼliq, oʼzaro toʼldiruvchi arxiv maʼlumotnomalari majmui, yaʼni arxivning ilmiy-maʼlumotnoma tizimi toʼliq shakllandirildi. Hullas, bu davrda rivojlanish iqtisodiy islohotlar bilan hamnafas ravishda ijtimoiy yoʼnalishda olib borildi. Endilikda esa, arxivlarni yagona axborot-kommunikatsiya tizimlariga ulash, arxiv hujjatlarini raqamlashtirish kabi yangi loyihalar turardi.
Yangi bosqich. 2019 yilga kelib, arxiv ishi va ish yuritish tizimini tubdan takomillashtirish talab etildi. Bu davr Oʼzbekiston arxivlarining yangi davri deb tarixga kiritildi. Yagona interaktiv portallarning ishga tushirilishi, endi yangi tizim asosida shakllanishi lozimligi talab etildi.
2019 yil arxiv ishi tizimini yangi bosqichini, sohani tubdan isloh qilish davrini boshlab berdi. Islohotlar davrida soha uchun ayrim yangi, hali tizimda ishlatilmagan yoʼnalishlar kiritilishi zamon talabi boʼlib qoldi. Bunda davlat boshqaruvi organi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʼzarxiv” agentligini tubdan isloh qilish islohotlarning boshi boʼldi. Hususan, Davlat Rahbarining tashabbusi bilan agentlikning tashkiliy tuzilmasi oʼzgartirilib, alohida agentlik tashkil etildi. Bu esa arxiv sohasida yagona davlat siyosatini olib borishga yangi bosqich boʼldi. Аgentlikning asosiy vazifalari belgilab berildi. Jumladan, arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va nazoratni amalga oshirish, Milliy arxiv fondining hujjatlarini jamlash, ularning saqlanishini, davlat hisobiga olinishini taʼminlash va ulardan keng foydalanish, davlat arxivlarini boshqarish va ularning samarali faoliyat koʼrsatishini taʼminlash asosiy vazifalardan biri boʼldi. Yangi bosqichda arxiv xizmatlarini koʼrsatishda nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, arxiv ishi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish imkoniyatlari kengaytirildi.
Аrxivshunoslik, arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy, metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxivlari amaliyotiga joriy etish ishlari 2019 yilning oʼzidanoq boshlab yuborildi.
Kadrlar tayyorlashga alohida eʼtibor qaratildi. Toshkent, markazda va hududlardagi oliy taʼlim muassasalarida zamonaviy arxivchi kadrlarni tayyorlashga, magistratura yoʼnalishlariga eʼtibor kuchaytirildi. Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda muntazam ravishda arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat koʼrsatayotgan xodimlarni malakasini oshirish masalalarida alohida markaz tashkil etildi.
Аrxiv ishi va ish yuritish sohasidagi mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilgʼor ish tajribasi oʼrganish va ommalashtirish, xorijiy arxivlarda saqlanayotgan Oʼzbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish masalalarida yangi yoʼnalishlarga asos solindi.
Eng muhimi, yangi davr islohotlari davrida arxivlarning huquqiy maqomi yanada mustahkamlanib, 3 ta markaziy davlat arxivlari negizida milliy arxivlar, yangi markaziy arxivlar, yangi davlat arxivlari tashkil etildi. Аrxiv ishi jarayonlarini toʼliq qamrab oluvchi va interaktiv qidiruv imkoniyatlari mavjud boʼlgan “Аrxiv ishi” yagona axborot tizimi yaratildi. 2020 yil 1 yanvardan arxiv ishi sohasidagi davlat xizmatlarini koʼrsatish muddatlari qisqartirildi. 5 ta turdagi koʼrsatilayotgan arxiv xizmatlari 2020 yil 1 iyundan Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʼrsatilishilishi joriy etilganligi, arxiv ishi sohasida vakolat va imkoniyatlarni yanada kengaytirdi. Islohotlarni tizimli olib borilishida Oʼzbekiston Respublikasida 2020 — 2025 yillarda arxiv ishi va ish yuritishni yanada rivojlantirish dasturi qabul qilindi
Unga koʼra, nodavlat arxivlarning faoliyatini rivojlantirish, hujjatlarini Milliy arxiv fondida doimiy saqlash huquqi berilgan vazirlik va idoralar arxivlarining maqomini belgilash, arxiv binolarini tasarrufdan chiqarishga boʼlgan talablarni belgilash, tashkilotlar tomonidan arxiv hujjatlarini davlat arxivlariga elektron nusxalari bilan topshirish majburiyatini belgilash, arxiv hujjatlarining elektron nusxalarini yaratish tartibini belgilash kabi yangi qoidalar “Аrxiv ishi toʼgʼrisida”gi qonunga qoʼshimchalar sifatida kiritildi. Bugungi kunda tarmoq davlat arxivlarini tashkil etish va Milliy arxiv fondini oʼzida doimiy saqlash huquqiga ega mutaqil arxivlar tashkil etish imkoniyatlari kengaytirildi.
Davlat arxivlari faoliyatini qoʼllab quvvatlash hamda yagona tizimda xizmatlarini tashkil etish uchun, koʼrsatiladigan pullik xizmatlarning Yagona narxnomasi ishlab chiqildi.
Jamiyat hayotida arxiv sohasining oʼziga xos hususiyatlaridan kelib chiqib, sulolalar davomiyligini taʼminlash, arxiv xodimlarining ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʼbatlantirish kuchaytirildi.Sohada “Ustoz-shogird” anʼanalari asosida toʼplangan tajribani tajribani yoʼqotmaslik maqsadida qarindosh-urugʼlarning birga ishlashlarini cheklash toʼgʼrisidagi qoidalar olib tashlandi.
Davlat arxivlari xodimlarini ijtimoiy himoyasi va ragʼbatlantirishga eʼtibor kuchaytirildi. Davlat arxivlarining moddiy texnik bazasi mustahkamlandi, soʼngi 4 yilda 25 ta yangi davlat arxivlari faoliyati yoʼlga qoʼyildi. Ilgari xoʼjalik hisobidagi arxivlar endilikda davlat arxivlariga aylantirilib, huquqiy maqom berildi. Islohotlar davrida tizimda 227 ta davlat arxivlari birxillashtirilgan tizim ostida faoliyat koʼrsatmoqda. Ushbu arxivlarda 16 mln dan ziyolroq saqlov birligida arxiv hujjatlari saqlanmoqda.
Soʼngisoʼz oʼrnida, bugungi kunda arxiv ishi va ish yuritish sohasida “Oʼzarxiv” agentligi yagona davlat siyosatini yuritib kelmoqda. Barcha davlat boshqaruvi organlari uchun ham ish yuritish sohasida namuna boʼlib kelmoqda. Аgentlik tomonidan Oʼzbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bagʼishlangan “Yangi Oʼzbekiston arxivlari” nomli hujjatli filьm, “Mustaqillik 30” nomli arxiv hujjatlari veb-kollektsiyasi sayti hamda “Oʼzbekiston arxivlari” kitobi yaratildi. Kechagi tarix va bugungi islohotlar hamda kelajak arxivlarini aks ettiruvchi faoliyatimiz avlodlarga sohani rivojlantirishga muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuhrat Mir Rayim
“Oʼzarxiv” agentligi direktori maslahatchisi