Asaka tuman shaxsiy tarkib hujjatlari arxivi yangi binosining ochilishi
Asaka tuman shaxsiy tarkib hujjatlari arxivi yangi binosining ochilishi
Joriy yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi bayrami arafasida Andijon viloyati Asaka tuman shaxsiy tarkib hujjatlari arxivining yangi binosini tantanali ochilishi va foydalanishga topshirilish marosimi o‘tkazildi. Marosimda Andijon viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalari rahbarlari, tuman hokimligining vakillari, hamkor va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Tantanali tadbirni Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi M.Dadajonov kirish so‘zi bilan ochib, tuman shahsiy tarkib hujjatlari arxivining tashkil etilishi va faoliyati xaqida gapirdi. Shundan so‘ng tuman hokimining birinchi o‘rinbosari S.Davronov tantana qatnashchilarini O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma besh yilligi bayrami bilan tabriklab, tuman arxiviga bino ajratilishi, ta’mirlash, jihozlash ishlari xaqida to‘htalib, bugungi kunda ushbu maskan tuman aholisiga namunali xizmat ko‘rsatishiga alohida urg‘u berdi.
Marosimda so‘zga chiqqan viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sh.Xaydarov, fuqarolar nomidan so‘zga chiqqan A.Ma’rufxodjayeva, O.Toshmatova va boshqalar yurtboshimiz, hukumatimiz tomonidan arxiv ishi sohasini rivojlantirishga, arxivlarga murojaat etayotgan fuqarolarga servis xizmati ko‘rsatishga jiddiy e’tibor berayotganligidan mamnun ekanliklari bildirdilar.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi bayrami arafasida fuqarolarni qabul qilish va arxiv ma’lumotnomalarni olgunga qadar ma’naviy ozuqa olish uchun barcha shart-sharoitlarga ega xonalari mavjud bo‘lgan arxiv binosini ochilishi tuman aholisiga ajoyib tuhfa bo‘lganligini ta’kidlab, tuman arxivi xodimlarini xalq manfaati yo‘lida olib borayotgan ezgu va sharafli ishlarida ulkan zafarlar tiladilar.
Agentlik Axborot xizmati