Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan 2024-yil mobaynida xalqaro aloqalar yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida

MAʼLUMOT

 

Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2024-yilda Agentlik tomonidan Qozogiston, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi, AQSh, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Chexiya, Niderlandiya, Italiya, Xitoy, Yaponiyadan 67 ta tadqiqotchilarga Oʻzbekiston milliy arxivlari, Toshkent shahar Markaziy davlat arxivi, Toshkent viloyat davlat arxivi, Samarqand viloyat davlat arxivi oʻquv zallariga tashrif buyurishlari uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.

2024-yilda Rossiya Federatsiyasi arxivlaridan 1912-yilda Turkistonga kelgan V.Nikitinning shaxsiy arxiv jamgʻarmasidan 150 ta foto nusxalari va 1 ta kundalikning asl nusxasi, Sharof Rashidovga tegishli 9 ta foto, 9 ta kino va 28 ta yigʻmajild (delo)lardagi 161 ta kadr arxiv hujjatlari nusxalari, Qozogʻiston arxivlaridan 300 dan ortiq, Tojikiston arxivlaridan Buxoro amirligi, Xiva va Qoʻqon xonliklariga oid 56 ta yigʻmajild (delo)lardagi 1000 ta kadr arxiv hujjatlari nusxalari, Turkiyadagi Usmoniylar arxivida yurtimiz tarixi va madaniyatiga tegishli boʻlgan 10 000 ta hujjat aniqlanib, nusxalari yurtimizga olib kelingan. Rossiya Federatsiyasi arxivlari tomonidan yangi nashr etilgan sohaviy meʼyoriy-uslubiy adabiyotlarni (jami 12 ta) bepul tuhfa sifatida yurtimizga olib kelindi.

Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligining Arxivlar, hujjatlashtirish va kitob ishi qoʻmitasi huzuridagi “Ilmiy-texnika hujjatlari Markaziy davlat arxivi” respublika davlat muassasasining taklifiga koʻra mazkur arxivning tashkil etilganligiga 50 yil toʻlganligi munosabati bilan 2024-yilning 7-8-fevral kunlari oʻtkazilgan “Qozogʻiston Ilmiy-texnika hujjatlari Markaziy davlat arxivi va uning doʻstlari” mavzusidagi Xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun “Oʻzarxiv” agentligi huzuridagi Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi direktori Alijon Maxkamov Qozogʻiston Respublikasi Ostona shahrida xizmat safarida boʻldi.

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti arxivining tashabbusiga koʻra 2024-yilning 16-fevral kuni mazkur arxiv tomonidan Qozogʻiston arxivchilari kongressi muvofiqlashtiruvchi qoʻmitasining “Ochiq jamiyat – ochiq arxiv” mavzusida oʻtkazilgan masofaviy (onlayn formatda) yigʻilishida Agentlik direktori Ulugʻbek Yusupov ishtirok etdi.

2018-yil 30-aprelda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Turkiya Respublikasi Bosh vaziri devoni huzuridagi Davlat arxivlari bosh direksiyasi oʻrtasida arxivlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Protokol hamda 2019-yil 11-martda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat arxivlari boshqarmasi oʻrtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha kelishuvlarni amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Amaliy harakatlar rejasiga muvofiq, Turkiyaning Istanbul shahridagi Usmoniylar arxivi hujjatlarini restavratsiya va konservatsiya qilish boʻyicha malaka oshirish hamda tajriba almashish uchun “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi arxivlarda faoliyat yuritayotgan 4 nafar arxivshunos-mutaxassislar 2024-yil 19-fevraldan 1-martga qadar Istanbul shahriga xizmat safariga yuborildi.

Butunrossiya Hujjatlar va arxiv ishlari ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIDAD) taklifiga binoan 2024-yil 29-fevral kuni Agentlik direktori Ulugʻbek Yusupov “2023-yilda VNIIDAD ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari” mavzusidagi konferensiyada masofadan (onlayn) ishtirok etdi.

Armaniston Milliy arxivining taklifiga koʻra mazkur arxivning 100-yillik yubileyi va YUNESKO tashkilotining nomoddiy madaniy merosni asrash toʻgʻrisidagi konvensiyasining 20-yilligi munosabati bilan “Arxivlar – insoniyat xotirasi” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Agentlik direktori oʻrinbosari Sh.Sadikov Armaniston Respublikasi Yerevan shahrida 2024-yil 25-30-mart kunlari xizmat safarida boʻldi.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan “Adolatparvar va maʼrifatli ayol – oila timsoli” mavzusidagi “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” anʼanaviy III Respublika fotokoʻrgazmasiga 2024-yil 5-10-mart kunlari xorijiy diplomatik vakolatxonalar vakillari taklif etilgan.

2024-yil 25-martdan 6-aprelgacha Tojikiston davlat arxivlarida Buxoro amirligi, Xiva va Qoʻqon xonliklariga oid arxiv hujjatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni olish boʻyicha Oʻzbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimlari M.S.Isakova va N.M.Mirzayevlarning xizmat safari amalga oshirilgan.

2024-yil 11-martdan 10-aprelgacha Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi Rosarxiv tizimidagi davlat arxivlari va tashkilotlarida Sh.R.Rashidov hayoti va mehnat faoliyatiga doir arxiv hujjatlari tarkibini oʻrganish va nusxalarini yurtimizga olib kelish boʻyicha Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi direktori A.V.Maxkamovning xizmat safari amalga oshirilgan.

Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyati gubernatori oʻrinbosari V.V.Kozlovning murojaatiga muvofiq, 2024-yil 16-aprel kuni “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni taʼsis etilganligining 90 yilligi munosabati bilan arxiv hujjatlarining elektron koʻrgazmasida arxiv hujjatlari bilan ishtirok etilgan.

Butunrossiya hujjatlar va arxivshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIDAD)ning 2024-yil 18-19-aprel kunlari oʻtkazilgan “Dokumentatsiya v informatsionnom obщestve” XXX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida Agentlik va tizimdagi milliy arxivlar mutaxassislari oʻz maʼruzalari bilan (onlayn) ishtirok etganlar.

2024-yil 18-19-aprel kunlari oʻtkazilgan XIV Yosh olimlar va mutaxassislar Xalqaro konferensiyasidaKLIO-2024” Oʻzbekiston Milliy arxivi ilmiy xodimi Sh.M.Srojidinov oʻz maʼruzasi bilan onlayn ishtirok etgan.

Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyati Gubernatori oʻrinbosari V.V.Kozlovning murojaatiga muvofiq, Sverdlovsk viloyati Arxiv boshqarmasi boshligʻi R.S.Taraborin va Agentlik direktori U.M.Yusupov bilan 2024-yil 22-aprelda Oʻzbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etilib, uchrashuv chogʻida Agentlik va Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyati arxivlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Vazirlar Mahkamasi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan xorijiy hamkorlar bilan birgalikda Oʻzbekistonda hujjatli va eksperimental kinematografiyani rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida 2024-yil 23-aprelda Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida tashkilotchilar va yosh tadqiqotchilar (jami 21 nafar) uchun ekskursiya uyushtirilishgan.

Oʻzbekiston Milliy arxivi hamda Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi tomonidan UNESCO/Jikji “Jahon xotirasi” mukofoti uchun (UNESCO/Jikji Memory of the World Prize) nomzodnomalari taqdim etilgan.

2024-yil 5-11-may kunlari Moʻgʻuliston madaniyat vazirligi va UNESCO ishlari boʻyicha Moʻgʻuliston Milliy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan MOWCAP 10-Yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi “Jahon xotirasi” milliy qo‘mitasi nomidan hisobot bilan ishtirok etish munosabati bilan “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov boshchiligidagi delegatsiya (jami 2 kishi) Mo‘g‘uliston Respublikasi Ulan-Bator shahrida xizmat safarida bo‘ldi. Moʻgʻuliston arxivlari bosh boshqarmasiga tashrif uyushtirilib, ishchi muzokara oʻtkazildi va faoliyat bilan yaqindan tanishildi. O‘zbekiston Respublikasi va Indoneziya Respublikasi arxiv muassasalari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish maqsadida “O‘zarxiv” agentligi direktori boshchiligidagi delegatsiya Indoneziya Respublika Milliy arxivi direktori Imam Gunarto bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. MOWCAP 10-Yalpi majlisi doirasida Oʻzbekiston tarafidan YUNESKOning “Jahon xotirasi” dasturi Osiyo va Tinch okeani mintaqasi roʻyxatiga kiritish uchun taklif etilgan ikki nomzodnoma — “Xudoybergan Devonovning Xorazm oazisi suratlari toʻplami” va “Turkiston albomi” nomzodnomalari boʻyicha delegatsiya aʼzolari tomonidan himoyasi amalga oshirilib, bir ovozdan qabul qilindi va Oʻzbekistondan ushbu 2 ta nodir hujjatlar toʻplami YUNESKOning “Jahon xotirasi” roʻyxatiga kiritildi hamda tegishli sertifikatlar qabul qilindi va yurtimizga olib kelindi.

2024-yil 27-29-may kunlari Vengriya Milliy arxivi rahbar-mutaxassislari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov boshchiligidagi delegatsiya (jami 2 kishi) Vengriya Respublikasi Budapesht shahrida xizmat safarida bo‘ldi. “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi hamda Vengriya Milliy arxivi o‘rtasida madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish toʻgʻrisidagi kelishuvlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha Amaliy harakatlar rejasi (2024-2028-yillar uchun)” 2024-yil 28-mayda imzolandi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi tomonidan 2024-yil 15-17-may kunlari Samarqand va Jizzax shaharlarida tashkil etilgan “Central Asia: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasida “O‘zarxiv” agentligi va tizim tashkilotlari xodimlari (jami 23 kishi) oʻz ma’ruzalari bilan (shu jumladan, onlayn shaklda) ishtirok etdilar.

Shveysariyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Obolenskiy va Agentlik direktori Ulugʻbek Yusupov bilan 2024-yil 3-iyunda Oʻzbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv chog‘ida “O‘zarxiv” agentligi va Shveysariya arxivlari o‘rtasida arxiv sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Boshqirdiston Respublikasi Milliy arxivi direktori v.b. G.Xayritdinov va Oʻzbekiston Milliy arxivi direktori D.Zakirova oʻrtasida 2024-yil 3-iyunda Oʻzbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv chog‘ida Oʻzbekiston Milliy arxivi faoliyati toʻgʻrisida ma’lumotlar bayon qilindi.

2024-yil 4-7-iyun kunlari Agentlik direktori oʻrinbosari Sh.Sadikov boshchiligidagi delegatsiya (jami 9 kishi) Qozog‘iston Respublikasi Chimkent va Turkiston shaharlarida xizmat safarida bo‘ldi. Tashrif chogʻida “Qozogʻistonda Oʻzbekiston Respublikasi arxiv kunlari” tadbirlarida, xususan, Oʻzbekiston-Qozogʻiston foto-hujjatli koʻrgazmalari, “Oʻzbekiston-Qozogʻiston tarixini tadqiq etish dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani hamda “Oʻzbekiston-Qozogʻiston: ikki davlat oʻrtasida arxiv sohasini rivojlanish jihatlari” mavzusidagi davra suhbatida faol ishtirok etildi, hujjatli ko‘rgazmalar koʻzdan kechirildi, ochiq muhokamalarda ishtirok etildi, Oʻzbekiston-Qozogʻiston arxiv sohasini rivojlantirishning keyingi istiqbollari muhokama qilindi. Qozogʻiston arxivlari saqlovidagi Oʻzbekiston tarixi va madaniyatiga oid 280 ta kadr arxiv hujjatlari elektron nusxalari yurtimizga olib kelindi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining topshirigʻiga koʻra, “O‘zbekiston Milliy arxivining yangi binosini qurish” loyihasi doirasidagi grant mablag‘larini jalb qilish masalasini jadallashtirish maqsadida Adliya vaziri A.Tashkulov boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Agentlik direktori oʻrinbosari Sh.Sadikov va Agentlik huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi direktori M.Rihsiboyev 2024-yil 9-12-iyun kunlari BAAda xizmat safarida bo‘ldi. Adliya vaziri A.Tashkulov va BAA Milliy kutubxonasi va arxivi bosh direktori Abdulla Majid Al Ali o‘rtasidagi ikki tomonlama uchrashuv bayoni 12-iyunda imzolandi.

Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivining “VI Пермские научно-образовательные чтения “История Императорского Дома Романовых” doirasida o‘tkaziladigan “Царствование Императора Всероссийского Александра I Благословенного и эпоха Первой Отечественной войны. К 200-летию посещения Перми Императором Александром I” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etish maqsadida O‘zbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimlari M.Isakova va N.Mirzayev 2024-yil 9-15-iyun Rossiya Federatsiyasi Perm shahrida xizmat safarida bo‘ldi. Tashrifda ilmiy tadbirlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etildi, arxiv ishi va tegishli soha mutaxassislari bilan tajriba almashildi, Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivida mazkur arxiv faoliyati va u yerda saqlanayotagan O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid hujjatlar bilan tanishildi hamda 1912-yilda Turkistonga kelgan V.Nikitinning shaxsiy arxiv jamgʻarmasidan 150 ta foto nusxalari va 1 ta kundalikning asl nusxasi yurtimizga olib kelindi.

Raqamli transformatsiya sharoitida arxivlarni jamlashning dolzarb masalalari” mavzusida an’anaviy oʻtkaziladigan MDH davlatlari “Yosh arxivchilar yozgi maktabi” VII malaka oshirish dasturida ishtirok etish uchun 2024-yil 11-iyundan 14-iyungacha Agentlik delegatsiyasi (jami 5 kishi) Qozog‘iston Respublikasi Olma-Ota shahrida xizmat safarida bo‘ldi. Xizmat safari davomida oʻrganilgan tajribalar asosida ayrim qonun osti hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi (Vazirlar Mahkamasining 05.04.2012-y. 101-son qarori) va yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi (Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv ishi toʻgʻrisidagi Qonunga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida) va Adliya vazirligiga kiritildi.

2024-yil 14-iyunda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga asos solinganligiga 23-yil to‘lganligi munosabati bilan Agentlik Xalqaro aloqalar bosh mutaxassisi D.Dadayeva O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazining “XALQ DIPLOMATI” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Butunrossiya Hujjatlar va arxiv ishlari ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIDAD) taklifiga binoan, 2024-yil 25-iyun kuni Agentlik Axborot texnologiyalari va arxiv xizmatlarini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi A.Turapov “O‘zbekistonda arxiv xizmatlarini raqamlashtirish. Muammolar va yechimlar” mavzusidagi ma’ruzasi bilan “MDHga a’zo davlatlarning arxiv ishlarini tashkil etish va arxiv muassasalarini boshqarish tizimi” mavzusidagi onlayn davra suhbatida ishtirok etdi.

2024-yil 4-6 iyul kunlari Tojikiston Respublikasi Panjikent shahridagi Tojikiston pedagogika institutining “Artuch oʻqishlari-VI” mavzusidagi anʼanaviy oʻtkazilib kelinayotgan Xalqaro ilmiy-amaliy forumda ishtirok etish maqsadida Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimi, falsafa doktori N.Mirzayev Tojikiston Respublikasi Panjikent shahrida xizmat safarida boʻldi. “ХIХ asrda Buxoro amirligida anʼanaviy milliy bayramlarning tashkil etilishi va tartibga solishda qozilarning oʻrni” mavzusidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

2024-yil 6-9 avgust kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchidavlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat kengashining navbatdagi XX yigʻilishi hamda Zamonaviy jamiyatda kinofotofono arxivlari: rivojlanishning dolzarb yoʻnalishlari mavzusidagi Xalqaro ilmiy-nazariy anjumanida ishtirok etish maqsadida Agentlik direktori Ulug‘bek Yusupov boshchiligidagi delegatsiya (jami 5 kishi) xizmat safarida boʻldi. Xizmat safarida davomida oʻrganilgan tajribalar asosida sentabr oyida Oʻzbekiston Kinoftofono hujjatlari milliy arxivida kino raqamlashtirish laboratoriyasi yaratildi va yangi zamonaviy kino-skaner qurilmasi oʻrnatildi.

Oʻzbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazining taklifiga muvofiq, 2024-yil 22-avgustda “Xalq diplomatiyasi va diniy bagʻrikenglik millatlararo muloqotning samarali vositasi: Yangi Oʻzbekiston tajribasi” mavzusidagi Xalqaro anjumanda “Oʻzarxiv” agentligi vakillari ishtirok etishdi.

Gyote Institutining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi talabalari va mutaxassislari (jami 15 kishi) uchun Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida mazkur arxiv rahbariyati va malakali mutaxassislari boshchiligida 2024-yil 6-7-sentabr kunlari hamkorlikda “workshop” (seminar) tashkil etildi.

2024-yil 7-12-sentabr kunlari Tatariston Respublikasi Qozon shahrida “KAZAN DIGITAL WEEK – 2024” Xalqaro forumda hamda mazkur forum doirasida oʻtkazilgan Arxiv xizmatlarini raqamlashtirish. Muammolar va yechimlar mavzusidagi Xalqaro ilmiy-nazariy anjumanda ishtirok etish maqsadida Agentlik direktori Ulug‘bek Yusupov boshchiligidagi delegatsiya (jami 2 kishi) xizmat safarida boʻldi. Xizmat safarida davomida oʻrganilgan tajribalar asosida Shajara (genealogiya) xizmatini Oʻzbekiston arxivlarida tadbiq etish konsepsiyasi ishlab chiqilish jarayonida boʻlib, 2025-yilda ushbu xizmatning yangi talqinini joriy etish belgilandi.

2024-yil 10-15-sentabr kunlari Fransiya Respublikasi Lion shahrida “Worldskills Lion Competition-2024” 47-jahon kasblar chempionati doirasida oʻtkazilgan xalqaro konferensiyalar va ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etish maqsadida Agentlik Ijro intizomi boʻyicha bosh mutaxassisi - direktorning yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi boshchiligidagi Oʻzbekiston yoshlari delegatsiyasi tarkibida “kuzatuvchi” sifatida xizmat safarida boʻldi. Vazirlik-idoralar tomonidan respublikamizda turli yoʻnalishlarda faoliyat olib borayotgan yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda homiylarni jalb qilish masalalari kelishib olindi.

2024-yil 26-sentabr kuni Oʻzbekiston Milliy arxivida Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamkulov va Agentlik direktori Ulug‘bek Yusupov bilan ishchi uchrashuv tashkil etildi.

2024-yil 1-4-oktabr kunlari “Jamiyatning barqaror rivojlanishi yoʻlida meros institutlari” mavzusidagi xalqaro ishtirokdagi Qozogʻiston arxivchilarining II Kongressida ishtirok etish uchun Agentlik direktori Ulug‘bek Yusupov boshchiligidagi delegatsiya (jami 3 kishi) Qozogʻiston Respublikasi Olma-Ota shahrida xizmat safarida boʻldi.

Germaniyaning Erlangen-Nyurnberg shahridagi Fridrix-Aleksandr universiteti Yangi va Sharqiy Yevropa tarixi kafedrasi Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo tarixini oʻrganayotgan xodimlar va talabalaridan tarkib topgan delegatsiya vakillari (jami 16 kishi) Oʻzbekiston Milliy arxivi faoliyati bilan tanishish va tajriba almashish maqsadida 2024-yil 4-oktabrda Oʻzbekiston Milliy arxiviga ishchi tashrifi tashkil etildi.

Rossiya Federatsiyasi Yekaterinburg shahridagi Ural federal universitetida 2024-yil 18-oktabrda oʻtkazilgan III Ural tarixiy-arxiv forumi va uning doirasida tashkillashtirilgan davra suhbatida ishtirok etish uchun 2024-yil 15-18-oktabr kunlari Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi direktori Z.Abdulladjanova Rossiya Federatsiyasi Yekaterinburg shahrida xizmat safarida boʻldi.

KOICA tomonidan 2024-yil 14-oktabrdan 23-oktabrgacha oʻtkazilgan “Raqamli hujjatlarni boshqarishda jamoatchilik salohiyatini oshirish” mavzusidagi navbatdagi qisqa muddatli xalqaro dasturida ishtirok etish uchun Agentlik Axborot texnologiyalari va arxiv xizmatlarini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi A.Ziyatdinov boshchiligidagi delegatsiya (jami 2 kishi) Koreya Respublikasida xizmat safarida boʻldi.

2024-yil 18-26-oktabr kunlari oʻtkazilgan Oʻzbekistonda xalqaro madaniy meros haftaligi doirasida 2024-yil 21-oktabrda boʻlib oʻtgan “Maʼrifat nuri: XIX va XX asrlarning adabiy va ilmiy-madaniy islohotlari” mavzusidagi Xalqaro anjumanda Agentlik direktorining Maʼnaviyat va davlat tili boʻyicha maslahatchi Sh.Tursunbayev ishtirok etdi.

Mamlakatimizda 2024-yil 27-oktabrda boʻlib oʻtgan siyosiy tadbirda Latviyadan ishtirok etgan xalqaro kuzatuvchi Latviya universiteti Akademik kutubxonasi direktori Venta Kotsere Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona direktori Umida Teshabayeva hamrohligida va Agentlik rahbariyati ishtirokida 2024-yil 26-oktabrda Oʻzbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etildi.

Oʻzbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan 2024-yil 28-oktabrda oʻtkazilgan “Oʻzbekiston xalq diplomatiyasi: tarix, bugun va kelajak” mavzusidagi I Xalq diplomatlari kongressida Agentlik Xalqaro aloqalar boʻyicha bosh mutaxassisi D.Dadayeva ishtirok etdi.

Mamlakatimizda 2024-yil 27-oktabrda boʻlib oʻtgan siyosiy tadbirda Xitoy Xalq Respublikasidan ishtirok etgan xalqaro kuzatuvchi Xitoy Shanxay chet tillar universitetining Shanxay Global boshqaruv va mintaqaviy tadqiqotlar akademiyasining professori va ijrochi dekani Yan Chen va bir guruh xitoylik talabalar (jami 7 kishi) tomonidan Oʻzbekiston Milliy arxiviga 2024-yil 29-oktabrda ishchi tashrif amalga oshirildi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasining taklifiga muvofiq, Koreya ekspertlaridan iborat KOICA delegatsiyasi (jami 4 kishi) va Agentlik direktori Ulug‘bek Yusupov o‘rtasida 2024-yil 3-dekabrda Oʻzbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv chog‘ida KOICA tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan “Markaziy Osiyo Raqamli huquq markazini tashkil etish orqali yuqori darajadagi huquqiy xizmatlar ko‘rsatish va huquqiy ta’limni mustahkamlash loyihasi” yuzasidan muvofiqlikni o‘rganish maqsadida mazkur loyihani amalga oshirilishini strategik jihatdan qo‘llab-quvvatlash boʻyicha muzokara olib borildi hamda Agentlik bilan KOICA oʻrtasidagi uzoq muddatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.