Аssalomu alaykum muhtarama onaxonlar! Qadrli opa-singillar!
Аssalomu alaykum muhtarama onaxonlar! Qadrli opa-singillar! Barchamiz orziqib kutadigan, tabiat chiroy ochib borayotgan mana shu ilk bahor kunlarida, ayni shu shukuhli ayyomda Sizlarni 8 mart bayrami bilan “Oʼzarxiv” agentligi va uning tizimida mehnat qilayotgan xodimlar nomidan samimiy muborakbod etaman!
Hech kimga sir emas, ayol zoti haqida, uning qanday tengsiz latofat va nafosat sohibasi ekani, ezgulik va fidoyilik ramzi, xonadonlarimizning fayzu farishtasi ekani haqida tariximizda ne-ne ulugʼ mutafakkirlar, shoir va allomalar qancha-qancha dil soʼzlarini bayon etganlar. Biz ham mana shu bayram kunlarida har qaysi oila, har qaysi xonadonda qadrli opa-singillarimizni eʼzozlash, ularni ulugʼlash uchun eng goʼzal va olijanob taʼriflarni keltirishga intilamiz.
Biz Sizlarni hamisha qadrlaymiz va eʼzozlaymiz!
Qadrli opa-singillar! Sizlarni oʼzingiz kabi chiroyli va dilbar bayramingiz bilan tabriklar ekanman, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Farzandlaringiz va yaqinlaringiz baxtiga, elu yurtimiz baxtiga hamisha omon boʼling!
Hurmat bilan,
"Oʼzarxiv" agentligi direktori Ulugʼbek YUSUPOV