Assalomu alaykum muhtarama onaxonlar! Qadrli opa-singillar!

Barchamiz orziqib kutadigan, tabiat chiroy ochib borayotgan mana shu ilk bahor kunlarida, ayni shu shukuhli ayyomda Sizlarni “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimida mehnat qilayotgan xodimlar nomidan samimiy muborakbod etaman!

Hech kimga sir emas, ayol zoti haqida, uning qanday tengsiz latofat va nafosat sohibasi ekani, ezgulik va fidoyilik ramzi, xonadonlarimizning fayzu farishtasi ekani haqida tariximizda ne-ne ulug‘ mutafakkirlar, shoir va allomalar qancha-qancha dil so‘zlarini bayon etganlar. Biz ham mana shu bayram kunlarida har qaysi oila, har qaysi xonadonda qadrli opa-singillarimizni e’zozlash, ularni ulug‘lash uchun eng go‘zal va olijanob ta’riflarni keltirishga intilamiz.

Biz Sizlarni hamisha qadrlaymiz va e’zozlaymiz! Sizlarni o‘zingiz kabi chiroyli va dilbar bayramingiz bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Hurmat bilan, 

"O‘zarxiv"  agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati