"Avliyo ota"

Joriy yil 30 may kuni Toshkent davlat stamotologiya instituti binosida «Avliyo ota Luka (V.F.Voyno-Yasenetskiy)ning ma’naviy merosi va tibbiyot rivojiga qo‘shgan hissalari» mavzusida VIII ilmiy-ma’rifiy o‘qish va «Avliyo Luka – tabib, ustoz, ruhoniy» mavzusida ko‘rgazma tashkil etildi. Tadbirlarda Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Arxangelsk, Tambov, Simferopol, Ivanovo, Belgiya Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qirgiston Respublikasi vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasining turli vazirliklar va idoralarining vakillari ishtirok etishdi. O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi direktori Alijon Maxkamov tibbiyot professori, xirurg olim V.F.Voyno-Yasenetskiyning (1877-1961 yy.) hayoti va mehnat faoliyatiga oid arxiv manbalarining ahamiyati xususida ilmiy ma’ruza qildi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati