Ayni damda "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Mirtolibovich Yusupov Qo‘ngirot tumani davlat arxivida onlayn xizmatlarni yo‘lga qo‘yilganligi, aholi va xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitni o‘rganmoqda.

Ma’lumot uchun:  Qo‘ng‘irot tuman davlat arxivi 1950-yilda tashkil etilgan. Davlat arxivi joylashtirilgan hozirgi bino 1967-yilda qurilgan bo‘lib, 2016-yilda arxiv balansiga berilgan. Arxivda joriy yilda katta ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Davlat arxivining fondlar xajmi bugungi kun holatiga jami 395 ta, ya’ni 55 323 ta saqlov birligini tashkil qiladi.
Ta’mirlash ishlari jarayonida davlat arxivida qo‘shimcha saqlovxona qurilib, hujjatlar sig‘imdorligi to‘liq ta’minlandi, fuqarolarni qabul qilish xonasi binoning kirish qismiga alohida qilib qurilib, barcha sharoitlari bilan birga ishga tushish arafasida turibdi. Arxivda jami 6 ta saqlovxonalar mavjud bo‘lib, yangi temir profildan ishlangan stellajlar bilan ta’minlandi.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati