Ayni damda "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov "Xalqaro arxivlar kengashi Bosh Assambleyasi-2021"da ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun: «O‘zarxiv» agentligi 2009 yildan Xalqaro arxivlar kengashining to‘laqonli a’zosi hisoblanadi. U Kengashning Yevrosiyo bo‘linmasiga a’zo sifatida kiritilgan bo‘lib, mazkur bo‘linma tarkibiga Armaniston, Belarus, Gruziya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Moldova, Mongoliya, Rossiya, Ukraina arxiv xizmatlari ham kirgan.
O‘zbekiston arxivchilari Xalqaro arxivlar kengashi Yevrosiyo bo‘linmasining barcha anjumanlarida (har yili bo‘lib o‘tadi), shuningdek Xalqaro arxivlar kengashining kongresslarida (har 4 yilda bir marotaba bo‘lib o‘tadi) muntazam ishtirok etib boradi. Ushbu anjumanlardagi O‘zbekiston arxivlari vakillarining ishtiroki dunyodagi arxiv ishi sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangicha yondashuvlar, metodologiyalarni respublika arxivlariga joriy etish, xodimlarning malakalarini oshirish, tajriba almashish, O‘zbekiston boy tarixiy merosini dunyoga tanitishga xizmat qiladi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati