Ayni damda “O‘zbekiston -Ozarbayjon biznes-forumi”da “Ozarbayjon Respublikasi Milliy arxiv boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi o‘rtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim” imzolandi va ikki tomonlama almashinuvi marosimi o‘tkazildi.

“O‘zarxiv” agentligidan direktor U.Yusupov Ozarbayjon Respublikasi Milliy arxiv boshqarmasidan Boshqarma raisi A.Rasulov ishtirok etdilar.
Mazkur Bitim imzolanishi natijasida Tomonlar:
- o‘z davlatlarining milliy qonunchiligiga muvofiq, tenglik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyiliga tayangan holda arxiv ishi sohasidagi hamkorlikni o‘z vakolatlari doirasida rivojlantiradilar;
- arxiv ishi sohasidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, arxiv sohasiga oid ma’lumotlar va hujjatlar, arxivshunoslik, arxeografiya va hujjatshunoslik masalalariga oid adabiyotlar, shuningdek, o‘zaro manfaatli bo‘lgan arxiv hujjatlari to‘plamlari bilan almashadilar;
- Tadqiqotchilariga davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatli merosni o‘rganish bo‘yicha ishlarda ko‘maklashadilar.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati